Техникум
ГулДУ - ГУЛИСТОН ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ

Bizning shior: Universitet obro’si–har bir professor–o’qituvchi, xodim va talabaning or–nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu’la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Oqoltin sanoat texnikumi

Rahbariyat:

Direktor: Mo’ydinov Sirojiddin Shamsiddinovich

Oquv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:To’raev O’tkir Alimovich

Ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha direktor o’rinbosari:Mustafaev Kamildjan Karimkulovich

Moliya-iqtisod ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: To’yjanov Odilbek Oltinovich

 

Texnikum tarixi

Oqoltin sanoat texnikumi dastlab 1967 yili Yangier shahrida, Yangier kommunal qurilish texnikumi nomi bilan tashkil etilgan.

1975 yilda Oqoltin tumani Sardoba qo’rg’oniga ko’chirilib Oqoltin gidromelioratsiya texnikumi deb yuritila boshlangan.

1996-1997 o’quv yillarida bozor munosabatlari talabi asosida kadrlar tayyorlash maqsadida, Oqoltin iqtisodiyot va biznes kollejiga aylantirilgan.

O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2012 yil 25 maydagi 129-sonli hamda Sirdaryo viloyati O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasining 2012 yil 30 maydagi “Kasb-hunar kollejini qayta ixtisoslashtirish to’g’risida” gi 150-sonli buyrug’iga asosan Oqoltin gidromelioratsiya va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji nomi bilan qayta ixtisoslashtirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2019 yil 06 sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 24 sentyabrdagi 855-sonli buyrug’i hamda VKTRMH boshqarmasining 2019 yil 24 sentyabrdagi 390-sonli buyruqlariga asosan texnikum maqomini olgan.

 Oqoltin sanoat texnikumi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 06 sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5812 Farmoni xamda O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 30 iyundagi 355-sonli buyrug’i asosida 2020 yil 01 avgustda tashkil etilgan bo’lib - Xalkaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan o’rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan, Guliston Davlat Universiteti huzurida faoliyat yuritadigan ta’lim muassasasi xisoblanadi.

 

Texnikum yo'nalishlari

5.32.06.01-Buxgalteriya hisobi va audit

5.52.01.01-Kompyuter injiniring

5.53.10.01-Engil sanoat buyumlari konstruktsiyasi va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo’yicha)

5.61.01.01-Agronomiya (ekin turlari bo’yicha)

5.61.07.01-Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnik-texnologi

5.51.05.01-Avtomobil transportiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash

 

Axborot-resurs markazi

 

Adabiyotlar

Necha nomda

Mavjud adabiyotlar

Shu jumladan

O'zbek

Rus

1

Prezident asarlari

6

8

6

2

2

Umumta'lim fanlari

293

5690

5690

0

3

Umumkasbiy va maxsus fanlar

494

5055

5055

0

4

Badiiy adabiyotlar

372

647

647

0

5

Siyosiy adabiyotlar

71

352

342

10

 

Jami

1236

11752

11740

12

 

Shu jumladan

 

6

O'quv uslubiy qo'llanmalar

138

540

484

56

7

Ma'ruza matnlari

48

53

52

1

8

Elektron darslari

1419

1419

1407

12

9

Slaydlar

30

32

29

3

 

jami:

1635

2044

1972

72

 

Hammasi

2871

13796

13712

84

 

O’quvchi o’rni: 60 o’rinli

Kompyuterlar soni: 6 ta soz xolatda

Printerlar soni: 1 ta soz xolatda

Skanerlar soni: 1 ta soz xolatda

Telefon: +99867- 2431051

Internet: Mavjud kompyuterlar tarmoq va Wi-Fi orqali

 

Kitobxonlar (AKM ga a’zolar): 599 nafar

O’quvchilar: 376 nafar

O’qituvchi-xodimlar va i/ch ustalari: 78 nafar

 

 

Abiturientlarga!

Guliston davlat universiteti xuzuridagi Oqoltin sanoat texnikumi o`zbekiston va qo'shni davlatlarda kerakli kasblarni yangi professional ta`lim shaklida o'qitish maqsadida jahon standartiga mos, zamon talabidan kelib chiqib o'qishga qabul qiladi!

Oqoltin sanoat texnikumiga 2020-2021-o'quv yilida umumiy o'rta maktablarning 11-sinf va o'rta maxsus, kasb-hunar kollejini tamomlagan, "Hayot davomida ta'lim olish" prinsipi asosida kamida umumiy o'rta ma'limotga ega bo'lgan shaxslarni quyidagi yo'nalishlar bo'yicha o'qishga qabul qiladi:

- Buxgalteriya hisobi va audit;

- Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ;

- Kompyuter injiniringi;

- Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo'yicha);

- Agronomiya (ekin turlari bo’yicha);

- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnik-texnologi;

Ta'lim kunduzgi shaklda ikki yildan kam bo'lmagan muddatda davlat granti va to'lov- kontrakt shartnomasi asosida amalga oshiriladi.

Texnikumga hujjat topshirish uchun www.texnikum.edu.uz elektron platformasi orqali quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1. Elektron ariza;

2. Umumiy o'rta maktabning 11-sinfini tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron skaner shaklida) nusxasi, yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasasini tamomlaganligi to'g'risidagi diplom (elektron skaner shaklida) nusxasi; ?

3. 3х4 fotosurat.

Respublikaning barcha hududlaridan fuqarolar qabul qilinadi.

Yana bir muhim yangilik

-Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchi Guliston davlat universitetining mos keluvchi yo'nalishida 2-kursdan suhbat asosida o'qishini davom ettirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

-Farzandingizni hech qanday muammosiz universitetda o'qishini istasangiz unda bizning texnikumni tanlang.

-Darslar GulDU professor-o‘qituvchilari hamda yuqori malakali o‘qituvchilar tomonidan sifatli olib boriladi.

-Amaliyotlar esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri yirik ish beruvchilar korxonasida olib boriladi.

Hujjat topshirish joriy yilning 20-oktabrigacha davom etadi.

Murojaat uchun telefon:

 +99867-2431051

MANZIL: Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani, Sardoba shaharchasi Tinchlik ko’chasi 1-uy.

Telegram (https://t.me/oqoltin_sanoat_texnikumi )Oqoltin sanoat texnikumi

 

Kirish imtixoni:

5.32.06.01-Buxgalteriya hisobi va audit

1. Ona tili va adabiyoti (50 ball)

2. Matematika (100 ball)

 

5.52.01.01-Kompyuter injiniring

1. Ona tili va adabiyoti (50 ball)

2. Matematika (100 ball)

 

5.53.10.01-Engil sanoat buyumlari konstruktsiyasi va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo’yicha)

1. Ona tili va adabiyoti (50 ball)

2. Fizika (100 ball)

 

5.61.01.01-Agronomiya (ekin turlari bo’yicha)

1. Ona tili va adabiyoti (50 ball)

2. Biologiya (100 ball)

 

5.61.07.01-Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnik-texnologi

1. Ona tili va adabiyoti (50 ball)

2. Biologiya (100 ball)

 

5.51.05.01-Avtomobil transportiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash

1. Ona tili va adabiyoti (50 ball)

2. Fizika (100 ball)

149 | 2021-01-31 14:07

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2021