GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...                     Yuksak manaviyat engilmas kuch. Islom Karimov.

Akademik litseyi haqida

Guliston akademik litseyi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazining 1998 yil 16 iyuldagi 77-sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan va unga Guliston akademik litseyi nomi berilgan. Loyiha quvvati 825 o’rinli, Umumiy er maydoni 8,0 Ga, binolar joylashgan maydon 8291,53 m.kv., asfalt va qoplam qilingan maydon 9248 m.kv., ko’kalamzor maydonlar 87182 m.kv., umumiy ichki maydon 63078,71 m.kv., sinf xonalar maydoni 2075,38 m.kv. ni tashkil etadi.

Akademik litseyda 100 nafar malakali o’qituvchi xodimlar ishlab kelmoqda. Asosiy shtatda 95 nafar, 18 nafar o’rindosh, ularni asosan Guliston davlat universitetining malakali professor-o’qituvchilari tashkil qiladi.

Akademik litseyda zamonaviy tipdagi yopiq sport zal va 5 ta sport maydonchalari (mini futbol, voleybol, basketbol, 2 ta tennis korti) faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Zarur jihozlar, trenajyorlar va sport anjomlari bilan ta’minlangan. Madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar yig’ilishlar o’tkazilishi uchun 280 o’rinli faollar zali hamda 240 o’rinli va 60 o’rinli jami 300 o’rinli yotoqxona, 120 o’rinli oshxonaga ega.

3 ta kompyuter sinf xonalari mavjud bo’lib, ular internet tarmogiga ulangan. Ta’lim muassasasida jami kompyuterlar soni 63 tani tashkil qiladi. Shundan kompyuter sinf xonalarida 42 ta, o’quv jarayoniga bevosita jalb etilgan kompyuterlar soni 15 ta va ARMda 6 tani tashkil qiladi.

42 ta sinf xonalari zamonaviy o’quv jihozlari bilan to’liq ta’minlangan. Jumladan, 3 ta laboratoriya xonalari: fizika, kimyo va biologiya fani laboratoriyalari hamda Janubiy Koreya va «El-xolding» firmasi tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Bundan tashqari televizor, audio-video jihozlari, televidenie markazi faoliyat tashkil qilingan. Axborot resurs markazi zamonaviy tipdagi barcha axborot texnologiyalari bilan jihozlangan 20500 dona o’quv va badiiy adabiyotlar fondiga ega. ARMda 6 ta kompyuter jamlanmalarining barchasi “ Ziyonet” tarmog’iga ulangan. ARM “Karmat” dasturi bo’yicha ish olib boradi. Bundan tashqari 1 dona skaner va printer mavjud.

Akademik litsey 1998 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazining 16 iyul 1998 yildagi 77-sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan va unga Guliston akademik litseyi nomi berilgan.

Qayta tashkil etilganligi yoki qurilganligi to’g’risida ma’lumot: Yangi qurilgan.

Manzil: O’zbekiston Respublikasi, Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, 4-mavze

Telefon : (0367)226-57-90, faks: (0367)226-58-13 e-mail: sir.gduqgal@markaz.uz

Hisob-kitob raqami: 100010860244017092500079001, bank bo’limi: «Qishloq qurilish» bank. Guliston shahri

INFO: 00014 INN: 202799296

Akademik litsey bo’ysunadigan vazirlik: O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Qaysi ta’lim muassasasi negizida tashkil etilgan: Guliston Davlat universiteti

Ta’lim muassasasining loyihadagi quvvati: 825 o’rinli

 

686 | 2018-02-13 09:34
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

 
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.
Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!

Powered by Anvar Abduqayumov 2017 - 2018