GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...                     Yuksak manaviyat engilmas kuch. Islom Karimov.

Manaviy-marifiy ishlar

Akademik litseyida 2011-2012 o’quv yili davomida jami 1042 nafar o’quvchi 4 yo’nalish bo’yicha tahsil oldi, jumladan, “Ijtimoiy-gumanitar” yo’nalishida – 314 nafarni, “Aniq fanlar” yo’nalishi bo’yicha – 212 nafarni, “Xorijiy filologiya” yo’nalishi – 342 nafarni va “Tabiiy-ilmiy” yo’nalishi – 174 nafarni tashkil etdi. Bosqichlar bo’yicha o’quvchilar quyidagicha ko’rinishda: 1-bosqichda 321 nafar o’quvchi, shundan 104 nafari qizlar, 2-bosqichda 318 nafar o’quvchi, shundan 116 nafari qizlar, 3-bosqichda 403 nafar o’quvchi, shundan 140 nafari qizlar tahsil oldilar.

Ta’lim muassasasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21-sentyabrdagi «Voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida»gi 360-sonli qaroriga asosan, “Voyaga etmaganlar bilan ishlash bo’yicha komissiya” tarkibi 2011 yil 28-avgustda ta’lim muassasasining 101-sonli buyrug’i va chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 27-fevraldagi PQ-1717-son qarori bilan tasdiqlangan “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi bandlari ijrosini bajarish yuzasidan akademik litseyning 2012 yil 29-martda 58-sonli buyrug’i, ishchi guruh tarkibi va dasturi ishlab chiqilgan hamda ijrosi bandlar bo’yicha belgilangan muddatlarda bajarilib kelinmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25-avgustda “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy – ma’rifiy samaradorligini oshirish to’g’risida”gi PK-451-sonli qarori yuzasidan yillik ish reja tasdiqlangan hamda har oyda ijrosi ta’minlanib kelinmoqda.

Akademik litseyida o’quv mashg’ulotlari davlat ta’lim standartlari asosida tashkil etilgan, o’quv mashg’ulotlari 2010 yil optimallashtirilgan fan dasturlari bo’yicha faoliyat ko’rsatmoqda.

Guliston akademik litseyida jami 79 nafar oliy ma’lumotli o’qituvchilar tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiyaga ega texnologiyalarini qo’llagan holda o’quv mashg’ulotlarini tashkil etmoqda.

Jami 79 nafar o’qituvchining 60 nafari asosiy, 19 nafari o’rindoshlik asosida faoliyat ko’rsatuvchi o’qituvchilarga o’z mutaxassisligiga mos ravishda dars mashg’ulotlari taqsimlangan.

Guliston akademik litseyi fan o’qituvchilarining barchasida o’zlariga tegishli fanlar bo’yicha fan dasturlari, taqvim rejalari, dars rejalari, dars matnlari, ko’rgazmali qurollari, tarqatma materiallari, test banklari mavjud va ulardan samarali foydalanilmoqda. Akademik litseyning 34 ta guruhlarining barchasida o’quv mashg’ulotlari mavjud va ular to’g’ri rasmiylashtirilmoqda.

Muntazam ravishda darslarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan o’quvchilarning ota-onalari, mahalla fuqarolar yig’ini raislari, ichki ishlar bo’limi profilaktika nozirlari bilan birgalikda o’quvchilarning darslarga kelmaslik sabablari o’rganilib, belgilangan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Guliston akademik litseyida o’quvchilarning darslarga qatnashish davomati kunlik 97-98 foizni tashkil qiladi.

2011-2012 o’quv yili uchun o’quvchi-yoshlarni o’quv darslardan so’ng qiziqishi bo’yicha fan va sport to’garaklarga jalb qilish bo’yicha ta’lim muassasasining tasdiqlangan reja-topshirig’iga asosan jami 29 ta to’garaklar faoliyat ko’rsatib keldi. Ushbu to’garaklarda jami 834 nafar o’quvchilar, shundan 1-bosqichdan 319 nafar, 2-bosqichdan 222 nafar va 3-bosqichdan 293 nafar o’quvchilar shug’ullanib kelmoqda.

29 ta to’garakdan 21 tasi fan to’garaklari, bularga “Yosh fizik”, “Yosh matematik”, “Yosh informatik”, “Yosh tarixchi”, “Yosh biolog”, “Yosh ximik”, ingliz, rus va frantsuz tillari bo’yicha va boshqa to’garaklar tashkil etilgan.

8 ta sport to’garaklari (mini futbol, voleybol, milliy kurash, basketbol, shaxmat, qo’l to’pi, engil atletika va yosh atletchi)da 345 nafar (266 nafar o’smirlar, 79 nafar qiz bolalar) o’quvchilar yuqoridagi sport to’garaklariga muntazam qatnashib kelmoqda. To’garaklarga malakali pedagoglar tomonidan o’tkazilib, to’garak jurnallarida to’garaklar to’liq mashg’ulotlar rejasi, mavzusi qayt etilib kelingan.

Akademik litsey Axborot Resurs Markazidagi darsliklar o’quvchilar uchun etarli darajada, har bir fandan o’qituvchilar tomonidan ma’ruza matnlari va darslik kitoblarning elektron shakli tayyorlangan ulardan o’quvchilar va o’qituvchilar samarali foydalanib kelindi. Axborot-resurs markazi fondi jami 17457 dona kitobni tashkil etadi. Shundan darslik va o’quv qo’llanmalar 7759 dona, uslubiy qo’llanmalar 54 dona, siyosiy adabiyotlar 1675 dona, badiiy adabiyotlar 6930 dona, elektron darsliklar 51 dona, ma’ruza matnlari 235 dona va boshqalardir.

Kutubxonaga akademik litseyining o’qituvchilari, murabbiy tarbiyachilari va ishchi-xizmatchilardan hamda o’quvchilar o’quv darsliklar va boshqa adabiyotlardan foydalanib keladi.

«Giyoxvandlikka qarshi kurash» bo’yicha lavhalar, o’zbek xalqining mutaffakir yozuvchisi A.Navoiy, Z.M.Boburning ijodiga bag’ishlangan, Respublika Prezidentining «Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch» va «Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi: O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo’llari va choralari» asarlari joylashgan maxsus burchaklar tashkil etilgan. Axborot resurs markazidagi kompyuterlar internet tarmog’iga ulangan. Hozirgi kunda akademik litsey axborot resurs markazidagi barcha darslik kitoblar elektron variantga o’tkazilmoqda.

Ta’lim muassasasi obuna bo’lgan gazeta va jurnallar har bir soni ro’yhatga olinib, qayt qilinib, tikilib borilmoqda. O’quvchilar darsdan so’ng o’zlari qiziqqan gazeta va jurnallardan foydalanishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Axborot-resurs markazida 3ta kompyuter mavjud. Axborot resurs markazi Guliston shahrining «Bo’ston» mahallasida joylashgan aholiga xizmat ko’rsatib kelmoqda.

Akademik litseyda zamonaviy tipdagi yopiq sport zal va yozgi futbol, voleybol, tennis sport maydonchalari o’qituvchi va o’quvchilar uchun faoliyat ko’rsatib kelindi. Zarur jihozlar, trenajyorlar va sport anjomlari bilan ta’minlangan. O’quv yili davomida sportning futbol, voleybol, basketbol, shaxmat va boshqa turlari bo’yicha o’quvchilar va o’qituvchilar o’rtasida turli xil musobaqalar o’tkazildi. Jumladan, 2011 yil 7-20 noyabr kunlari 1-2-3-bosqich o’smir-o’quvchilar o’rtasida mini futbol birinchiligi o’tkazilgan bo’lib, g’olib bo’lgan 3-bosqich 315-guruh o’quvchilari 6 dekabr kuni akademik litsey o’qituvchilar o’rtasida, 5-7 dekabr kunlari qizlar o’rtasida voleybol, 12-14 dekbr kunlari o’smirlar o’rtasida voleybol, 19-21 dekabr kunlari o’smirlar o’rtasida basketbol, 22-23 dekabr qizlar o’rtasida basketbol sport musobaqalari birinchiliklari o’tkazilgan bo’lib musobaqada faxriy o’rinlarni egallagan jamoalarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alari taqdim etildi.

Ta’lim muassasasida hozirda profilaktik hisobda turuvchi, tarbiyasi og’ir o’quvchilar yo’q.. Nogiron o’quvchilar 3 nafar va kam ta’minlangan 25 nafar o’quvchilarga bayramlarda ularning kundalik hayoti uchun zarur bo’lgan sovg’alar berib borilgan.

Guliston shahar hokimligi huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyasining o’tgan 2011 yil va 2012 yildagi yuborilgan bayonnoma qarorlarining ijrosi ta’minlanishi yuzasidan va turli “Ommaviy madaniyat”, “Odam savdosi”, “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi”, “Giyohvandlik”, “Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi” tegishli chora-tadbir rejalari ishlab chiqilgan hamda belgilangan muddatlarda ijrosi ta’minlanib kelmoqda.

Prezidentimizning ma’naviyat va ma’rifat sohasiga oid 2006 yil 25-avgustda “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy – ma’rifiy samaradorligini oshirish to’g’risida”gi PK-451-sonli qarori yuzasidan yillik ish reja tasdiqlanib, bajarilgan ishlar yuzasidan oylik hisobotlar yuritilib kelinayapti.

Akademik litsey «Ijtimoiy gumanitar fanlar» kafedrasi tomonidan “Ma’naviyat asoslari” fani va «Milliy istiqlol g’oyasi» fan sifatida har bir guruhda doimiy o’tilib kelinmoqda.

«Kelajak ovozi» - 2012 Respublika ko’rik tanlovining litsey bosqichi 2012 yil 14 may kuni har bir yo’nalishi bo’yicha o’tkazilib, hay’at a’zolari tomonidan 9 nafar iqtidorli o’quvchilar viloyat bosqichida ishtirok etdi. Viloyat bosqichida 3 nafar o’quvchi 1-o’rinni egallab respublika bosqichiga yo’llanma oldi. Bular:

- raqs yo’nalishida: 207-guruhdan Jonikulova Moxinur Murod qizi:

- nasr yo’nalishida: 301-guruhdan Sherkulova Sevara Baxtiyor qizi:

- publistika yo’nalishida: 306-guruhdan Ashurboeva Muhayyo Rustamjon qizi:

Farg’ona shahrida 2012 yil 10-13 may kunlari “Dilemma” Respublika diskussion forumida Respublikadagi Oliy o’quv yurtlarining iqtidorli, bilimdon o’quvchilari va 4 ta akademik litsey o’quvchilari ishtirok etgan forumda ta’lim muassasasining 3-bosqich “Ijtimoiy gumanitar” yo’nalishi 301-guruh o’quvchisi Xolosboev Doston faxrli birinchi o’ringa sazovor bo’ldi.

2012 yil “Mustahkam oila yili” munosabati bilan Guliston shahar Xotin-qizlar Qo’mitasi tashabbusi bilan 2012 yil may oyida Guliston shahridagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan qizlar o’rtasida “Qizlar davrasi” telemusobaqasi o’tkazildi. Guliston akademik litseyining 2-bosqich “Xorijiy filologiya” yo’nalishi 210-guruh o’quvchisi Tursunova Sohiba ishtirok etdi va faxrli 2-o’rinni egalladi.

Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi raxnomaligida viloyat “Nikoh uyi” tashabbusi bilan 2012 yil “Mustahkam oila yili”ga bag’ishlangan 2012 yil iyun oyida Guliston shahridagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan iqtidorli o’quvchilar o’rtasida “Mustahkam oila – yurt tayanchi” mavzusidagi ko’rik tanlovda Guliston akademik litseyining 3-bosqich “Ijtimoiy gumanitar fanlari” yo’nalishi 301-guruh o’quvchisi Xolosboev Doston 1-o’rinni egalladi.

Litseyda amaliy psixolog shtati mavjud va bu shtatda Ayubjonova Ma’mura ishlab kelmoqda. O’quvchilar bilan uzluksiz ishlab, ularning xulq-atvori, tarbiyasi, qaysi kasbga, fanga, sportga va boshqa yo’nalishlar bo’yicha testlar, suhbatlar ish rejasiga asosan o’tkazib kelinmoqda.

Akademik litseyda «Kamolot» YoIH etakchisi sifatida tarix fani o’qituvchisi Rustamov Xusan faoliyat olib bormoqda. Yillik ish rejasi mavjud. Belgilangan rejaga muvofiq litseyda tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari, ko’rik tanlovlar o’tkazib kelmoqda hamda umumxalq bayramlari nishonlab kelinayapti.

Akademik litsey Xotin-qizlar Kengashi raisi sifatida ona tili va adabiyot o’qituvchisi Pardaeva Yulduz faoliyat yurgizmoqda. Yillik ish rejasi mavjud, reja asosida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti, “Orasta qizlar” 2012 yil feral oyida tashkil etdi, Klubda guruhlarda iqtidorli, aqlli, xulqi-odobi namunali, fanlar va turli tadbirlarda faol qizlar a’zo qilinib faoliyat olib bormoqda. Shuningdek Guliston shahar Xotin-qizlar Qo’mitasi bilan birgalikda o’quvchi-qizlar o’rtasidla turli tadbirlar, davra suhbatlari uyushtirib kelmoqda.

Harbiy ta’lim faoliyati uchun 2 ta xona ajratilgan, rahbari Jumanov Bekbola yillik reja asosida o’quvchilarga ta’lim tarbiya berib kelmoqda. «Shunqorlar» harbiy musobaqalarida qatnashib viloyatda yuqori o’rinlarni egallab kelmoqda.

O’quvchilarga ta’lim berishda «Ta’lim to’g’risida» gi Qonun va Davlat ta’lim standartlariga rioya etib kelinayapti. Litseyda jinoyatchilik, huquqbuzarlikni, o’z joniga qasd qilish, diniy oqimlarga qo’shilib qolish oldini olish maqsadida viloyat huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik ishlari olib borilib birgalikda chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ijrosi ta’minlanib kelinyapti.

O’zbekiston Respublikasining 2010 yil 29-sentyabrdagi “Voyaga etmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to’g’risida”gi 263-sonli Qonuni to’g’risida akademik litseyda 1-bosqich o’quvchilariga faollar zalida Qonunning mazmun mohiyati to’g’risida ma’lumotlar berildi hamda guruhlarning tarbiyaviy soatlarida Qonunning asosiy maqsadi voyaga etmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligiga, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa g’ayri ijtimoiy harakatlar sodir etilishiga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish yuzasidan o’quv yili davomida tarbiyaviy ishlar olib borildi.

Litseyda tahsil olayotgan voyaga etmagan o’quvchi yoshlarga etarli sharoit yaratish, ularning bo’sh vaqtlarini sermazmun o’tkazish maqsadida yilning muhim sanalariga bag’ishlangan tadbirlar, ko’rik tanlovlar o’tkazilib kelinmoqda, jumladan; “Mustaqillik va Konstituttsiya himoyasi har birimizning muqaddas burchimizdir”, “Bu muqaddas Vatanda azizdir inson” 1-oktyabr-“O’qituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Ustozlar sizga ta’zim”, “Diniy ekstremizmga qarshi kurashish, ogohlikka davat”, “Islom dinining asosiy maqsad va vazifalari”, “Sog’lom ota-onadan sog’lom farzand dunyoga keladi”, “Sog’lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish-barkamol avlod poydevori”, “Sog’lom ona-sog’lom bola”, “Barkamol avlod - yurt kelajagi», 21-oktyabr o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligi munosabati bilan “Til - millat ko’zgusi”, “Ma’naviyatga tahdid-o’zligimiz va kelajagimizga tahdid” to’g’risida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PK-451-sonli «Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida» gi Qarori muhokamasi yuzasidan, “Eng katta boyligimiz - tinchlik va barqarorligimizni asraylik, voyaga etmagan o’rtasida «O’zbekiston kelajagi yoshlar nigohida” insholar tanlovi, “Odam savdosiga qarshi kurashish”, OIV va OITS-ning zararli oqibatlari, “Ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish, diniy aqidaparastlik va missionerlikning oldini olish borasidagi ishlarning samaradorligini yanada oshirish, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010 yil 12-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisida “Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi” nomli ma’ruzasi to’g’risida, «Yong’in xavfsizligi oyligi» tadbiri, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19 yilligidagi, 2012 yil 19 yanvar kuni “2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan” ma’ruzasi, 2012 yil 9-may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlangan OAV bergan intervyusi, «O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitobi to’g’risida o’quvchi-yoshlarga uchrashuvlar, davra suhbatlar soha mutaxassislar ishtirokida o’tkazilib kelindi.

Guliston akademik litsey Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari

A.Abdunazarov

 

 

349 | 2018-02-13 09:47
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

 
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.
Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!

Powered by Anvar Abduqayumov 2017 - 2018