GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
Bizning shior: Universitet obro’si–har bir professor–o’qituvchi, xodim va talabaning or–nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu’la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...                     Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. Islom Karimov.

Yo’nalishlar

Guliston Akademik litseyi 1999 yilda tashkil etilgan. Akademik litseyda zamon talabiga javob bera oladigan 42 ta o’quv xonalari bo’lib, shulardan 3 ta kompyuter sinf xonasi, 3 ta lingafon xonasi, fizika, biologiya, anatomiya va kimyo laboratoriyalari mavjud. Akademik litseyda talabalarning nutqiy salohiyatini oshirish maqsadida ichki teleradiostudiya ish olib bormoqdi.

 • Binoda zamon talablariga mos keladigan 600 m2 sport zali, tashqi hovlida futbol, basketbol, voleybol maydonlari hamda 2 ta tennis korti o’quvchilar ixtiyorida.

• 300 o’rinli majlislar zali va 60 o’ringa mo’ljallangan kichik majlislar zali mavjud.

• Akademik litsey binosining ichki kismida 240 o’rinli oshxona o’quvchilarga xizmat kilmoqda.

• Barcha qulayliklarga ega bo’lgan 60 o’rinli litsey qiroatxonasi bo’lib, kitoblar soni 21150 donani tashkil etadi.

• Akademik litsey talabalariga 73 nafar oliy ma’lumotli o’qituvchilar ta’lim–tarbiya berishmoqda, shundan 17 nafari fan nomzodidir.

• Litsey talabalari uchun shinam va zamon talabalariga javob beradigan 300 o’rinli yotoqxona faoliyat ko’rsatmoqda.

• Litseyda Guliston Davlat universitetining professor o’qituvchilari va litseyning tajribali o’qituvchilari dars jarayonlarini olib boradi.

Guliston Akademik litseyida:

• «Aniq fanlar» (fizika, matematika, iqtisod); Ushbu yo’nalish akademik litseyni tugatgandan keyin mutaxassisliklari matematika, amaliy matematika va informatika, mexanika, qurilish, avtomatlashtirish va boshqaruv, telekomunikatsiyalar. Elektronika va mikroelektronika, avia va raketasozlik, to’qimachilik va engil sanoat mahsulotlari texnologiyasi, metrologiya, standartlash va sertifikatlash, aviatsiya va kosmik texnikadan foydalanish, transport, metrologiya, standartlash, radiotexnika, atromuxandislik, o’rmon ishi, geologiya, tog’-kon ishi, elekrtotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya, elektroenergetika, gidroenergetika, geodeziya, kartografiya va kadastr, geologiya va foydali qazilmalarni qidirish, neftgaz ishi, fizika, astronomiya texnik fizika bo’lgan va matematika, fizika, ona-tili va adabiyoti fanlaridan kirish test sinovlari topshiriladigan oliy o’quv yurtiga kiruvchilar uchun mo’ljallangan.

• «Tabiiy fanlar» (ximiya, biologiya); Ushbu yo’nalish akademik litseyni tugatganidan keyin mutaxassisliklari davolash ishi, stomotologiya, pediatriya ishi, tabiiy-profilaktika ishi, biologiya, tuproqshunoslik, ekologiya va tabiatdan foydalanish, agrokimyo va agrotuproqshunoslik, agronomiya, ipakchilik, selaktiya va genetika, o’simliklarni himoya qilish, zootexnik, korako’lchilik, mevasabzovotchilik, veterinariya, kimyo, farmatsiya bo’lgan va biologiya, kimyo, ona tili va adabiyot fanlaridan test sinovlari topshiriladigan oliy o’quv yurtiga kiruvchilar uchun mo’ljallangan.

• «Ijtimoiy - gumanitar fanlar» (tarix, ona tili va adabiyot, huquq); Ushbu yo’nalish akademik litseyni tugatgandan keyin mutaxassisliklari falsafa, falsafa va mantiqning umumjaxon tarixi, tarix, siyosatshunoslik, psixologiya, sotsiologiya, kutubxonashunoslik, kitobshunoslik, arxivshunoslik, madaniy–oqartuv ishlar tashkilotchisi, yurisprudentsiya, huquqshunos–pedagog, madaniyat sohasidagi sotsiolog bo’lgan va tarix, ona tili va adabiyot, xorijiy til fanlaridan kirish test sinovlari topshiriladigan oliy yurtiga kiruvchilar uchun mo’ljallangan.

• «Xorijiy tillar» (ingliz tili) Ushbu yo’nalish akademik litseyni tugatgandan keyin mutaxassisliklari roman–german (ingliz, nemis tili), sharq filologiyasi bo’lgan va xorijiy til (ingliz frantsuz, nemis tillari), ona tili va adabiyot, tarix fanlaridan kirish test sinovlari topshiriladigan oliy o’quv yurtiga kiruvchilar uchun mo’ljallangan yo’nalishlari mavjud.

 

409 | 2018-02-13 09:27
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

 
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.
Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!

Powered by Anvar Abduqayumov 2017 - 2018