Ichki nazorat va monitoring bolimi
 

ichki.jpg Bo’lim   boshlig’i: Abdualiyeva  Ma’mura   Abdualiyevna

 Malumoti: Oliy 

 Mutaxassisligi: O’zbek tili va   adabiyoti  o’qituvchisi 

 Xorijiy   til: Rus va   ingliz   tillari

 Telefon: (8-367-2) 25-49-12

 Faks: 25-40-42

  E-mail: GulDU_nazorat@edu.uz

 Qabul   kunlari: seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba

Ichki   nazorat   va monitoring bo’limi   haqida

Universitet «Ichki nazorat va monitoring» bo’limi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o’quv-ta’lim jarayonida me’yoriy hujjatlar va uslubiy ko’rsatmalarning ijro etilishini, shuningdek, universitet bo’yicha buyruqlar va qarorlarning o’z vaqtida bajarilishini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan. «Ichki nazorat va monitoring» bo’limi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 2001-yil 29-avgust 207-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim ichki inspeksiya va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro’yobga chiqarishning monitoringi»ni amalga oshirish to’g’risidagi Nizom, Universitet ustavi va bo’lim nizomiga muvofiq amalga oshiradi. Bo’lim universitetda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tadbiq etish monitoringini amalga oshiradi, o’quv, o’quv-uslubiy, ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot, ijro etish intizomi, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay’at va ilmiy kengash qarorlari, vazirlik, agentlik va universitet bo’yicha buyruqlarning hamda ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi.Ichki nazorat va monitoring bo’limi o’z faoliyatida bevosita rektorga bo’ysunadi.

Ichki  nazorat   va   monitoring bo’limining   asosiy    vazifalari:

• universitetda O’zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, vazirlikning Hay’at qarori, buyruqlari va boshqa hujjatlarini, shuningdek universitet ichki buyruqlari va qarorlarining bajarilish monitoringini olib borish;

• universitet professor-o’qituvchilar va o’quv-yordamchi hodimlar tarkibi ichki inspeksiyasini tashkil qilish va o’tkazish;

• kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasiga nisbatan qo’yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlariga va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qilinish nazoratini va monitoringini olib borish;

• universitetda ta’lim standartlarini joriy etish masalalari bo’yicha filiallar, fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo’linmalarga amaliy va uslubiy yordamko’rsatish;

• universitetni boshqarish organlariga ta’lim jarayonini isloh qilish va takomillashtirish bo’yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash;

• universitet bo’yicha buyruqlar ijrosi nazoratini olib borish;

• universitet va uning filiallarida o’quv jarayonini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha bo’linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko’rsatish;

• professor-o’qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarining tadbiq

  etilishini  amalga  oshirishda  ishtirok  etish.

• kamchiliklar va muammolarni bartaraf va hal qilish bo’yicha aniq takliflarni universitet rahbariyatiga taqdim etish.

• universitet va unga  tegishli  ta’lim  muassasalarida (filiallar, litseylar va boshqalar) ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlarga amal qilinishini  tekshirish;

• universitetda va unga tegishli ta’lim muassasalarida bo’ladigan barcha turdagi kengashishlarida  ishtirok  etish;

• o’quv yurti faoliyati bo’yicha filiallar, fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo’linmalardan o’z xizmat va zifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga oid  mutaxassislarni  jalb  qilish;

• kurs loyihasi (ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish, davlat atestatsiyalarining o’tkazilishini hamda barcha turdagi nazariy  va  amaliy  mashg’ulotlarni  ko’rib  chiqish;

• o’z huquqi doirasidagi  masalalarni joylarda o’rganish uchun belgilangan  tartibda universitetning malakaviy  professor-o’qituvchilari va hodimlarni  jalb  qilgan  holda  guruhlar  tuzish.

Bo’lim tarkibi:

  • Bo’lim boshlig’i  Abdualiyeva  Ma’mura  Abdualiyevna  
  • Metodist Ra’no  Sattorova 
520 | 2017-12-26 16:06
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish