Fizika-matematika fakulteti

fizika.jpg

Fizika-matematika fakulteti dekani:Toshtemirov Doniyor Eshbaevich

Qabul vaqti: Yakshanbadan tashqari xar kuni 15-00, 17-00(kuni, soati)

Telefon: (+998991)100-84-73, 225-45-85

E-mail:diniyor1973@umail.uz

 

O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari: Ashirov Shamsiddin Annazarovich

Qabul vaqti: Yakshanbadan tashqari xar kuni 15-00, 17-00(kuni, soati)

Telefon: (+99894) 353-19-62

E-mail: sh.ashirov@umail.uz

 

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari: Ergashev Baxtiyor Baxriddinovich

Qabul vaqti: Yakshanbadan tashqari xar kuni 15-00, 17-00(kuni, soati)

Telefon: (+99897) 277-70-02

E-mail:Baxtiyor---1981@umail.uz

Fakultet kafedralari:

-Fizika

-Matematika

-Axborot texnologiyalari 

Fakultet bosh ilmiy mavzusi: Fan, ta’lim va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash orqali mutaxassislar tayyorlash texnologiyasi.

Fakultet tarixi

• 1968-yilda filologiya fakulteti tarkibida fizika-matematika bo`limi tashkil qilinib, fakultetga tajribali matematik olim Qurbon Boybo`tayev rahbarlik qilgan. 5140200-Fizika, 5130100-Matematika va 5110700 -Informatika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar, 5A140202 - fizika (optika, magnitoptika, molekulyar optika yo’nalishlari bo’yicha) va 5A110701 - Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar tayyorlaydi. Fakultetni 2017-yil 12-sentabrdan boshlab pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Toshtemirov Doniyor Eshbayevich boshqarib kelmoqda.

• Bugungi kunda Fizika-matematika fakulteti tarkibida “Fizika”, “Matematika” va “Axborot texnologiyalari” kafedralari faoliyat ko’rsatmoqda. Fakultetda jami 47 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritadi. Shulardan 4 nafari fan doktori, professor (o’rindoshlik asosida), 15 nafari fan nomzodi, dotsent, 12 nafari katta o’qituvchi, 20 nafari o’qituvchi hisoblanadi. Fakultetda ilmiy daraja - 38 %, professor-o’qituvchilarining o’rtacha yoshi - 39,5.

• Fakultetda tashkil etilgan «Kichik maktablar»da 8 ta to’garaklar tashkil etilgan. “Kichik maktab” a’zolari professor-o’qituvchilar, iqtidorli talabalar, viloyat hududidagi akademik litsey va kollejlardagi fizika, matematika va informatika o’qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etilgan.

• Fakultet professor-o’qituvchilari tomonidan o’qitilayotgan fanlardan o’quv qo’llanmalar, o’quv–uslubiy majmualar, amaliy, laboratoriya, seminar va TMI ishlanmalari yaratilgan. Kafedra a’zolari xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarida 200 dan ortiq ilmiy ma’ruza bilan ishtirok etishgan va ilmiy nashrlarda 100 dan ortiq ilmiy maqola e’lon qilishgan.

• Fakultet o’z faoliyatida O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Samarqand davlat universiteti hamda Sirdaryo viloyatdagi Guliston akademik litseyi va bir qator kollejlar bilan o’zaro ilmiy va o’quv-tarbiyaviy ishlarda hamkorlik qilib kelmoqda.

• Fakultetda hamkorlik asosida akademik litsey va kollejlarda Fizika, Matematika va Informatika o’quv predmetlarini o’qitish samaradorligini oshirish borasida ham bir qancha amaliy ishlar bajarilmoqda.

 

Fakultetning ilmiy aloqalari

- O’zbekiston Milliy universiteti;

- Toshkent davlat pedagogika universiteti;

- Samarqand davlat universiteti;

- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

- Jizzax davlat pedagogika instituti;

- O'zFA Fizika-texnik instituti, "Fizika-Quyosh" NNTi;

- O’zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Matematika instituti.

 

Fakultet hayotidan lavhalar: 

 

 

 

• Fakultet manzili: Guliston sh. 4 – mavze, Guliston davlat universiteti, Bosh bino, 4-qavat, 112-xona.

Telefon: (0 367) 225-45-85

E-mail: fiz-mat-guldu@umail.uz

779 | 2017-12-26 18:00
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish