Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi : Sultonov Shuxrat Nurmuxammedovich

Qabul vaqti: Dushanba, Shanba kunlari soat 14.00 dan-16.00gacha

Telefon: (+99897277 27 84)

E-mail: sh-sultanov84@umail.uz

Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat” yo’nalishining o’quv binosi zamonaviy ta’mirlandi. Universal sport zali, gimnastika zali, kurash zali zamon talablari asosida jihozlandi. O’quv binosida kompyuter sinfi tashkil etildi va 9 ta zamonaviy  «Pentum-IV» rusumidagi kompyuterlar o’rnatildi. Kompyuter sinfi internet va internet   tarmog’iga ulangan.  Mavjud 10  ta o’quv auditoriyasi to’liq jihozlangan. Bugungi kunda  yo’nalishda 385 nafar talaba tahsil olmoqda.

 kafedralar/jmnm.jpg2.  O’quv-uslubiy ishlar. Kafedraga tegishli barcha 22 ta fan bo’yicha o’quv-uslubiy majmualar yaratilgan. Barcha fanlar bo’yicha talaba mustaqil ishlari to’plami ishlab chiqilgan. So’nggi 3 yil mobaynida 15 dan ortiq nomdagi o’quv adabiyotlari keltirilgan. O’quv jarayoniga axborot kommunikatsion texnologiyalari keng joriy qilinmoqda. Barcha fanlar bo’yicha mashg’ulotlar taqdimot ko’rinishida bo’lishi uchun keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Fanlar bo’yicha asosiy darslik va o’quv qo’llanmalarning elektron variantlari yaratilgan va “Ta’lim portali”ga joylashtirilgan.

3. Ilmiy tadqiqot ishlari. Kafedra a’zolari “Uzluksiz ta’lim tizimida jismoniy tarbiya va sport trenirovkasi mashg’ulotlari jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish” nomli bosh ilmiy tadqiqot mavzusi bo’yicha izlanishlar olib bormoqdalar. So’nggi 3 yilda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 3 ta nomzodlik dissertatsiyasi yozib tugallandi va O’zDJTI qoshidagi ixtisoslashgan Kengashga topshirildi. Kafedra o’qituvchilari tomonidan 2009-2010 yillar mobaynida ilmiy jurnallarda 10 ga yaqin, xalqaro anjumanlarda 10 dan ortiq, Respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar e’lon qilingan. Iqtidorli talabalar tomonidan 2010 yil mobaynida OTM miqyosida 20 dan ortiq, Respublika miqyosida esa 6 ta ilmiy tezislar e’lon qilingan.

 

4. Kafedra tarkibi. Bugungi kunda kafedrada 3 nafar fan nomzodi, 12 nafar o’qituvchilar (shulardan 1 nafari Xalqaro toifadagi sport ustasi,  2 nafari sport ustasi hisoblanishadi) faoliyat ko’rsatishmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilarining o’rtacha yoshi 41,5  ni tashkil etadi.

5.  Kafedraning sport yutuqlari. Kafedra o’qituvchisi, sport ustasi Asliddin Egamberdiyev 2009 yil Moskvada Belbog’li kurash bo’yicha o’tkazilgan Xalqaro turnirda sovrinli o’rinni egalladi. 2010 yil Andijon shahrida o’tkazilgan “Universiada-2010” musobaqalarida talabalar 1 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza medallarini qo’lga kiritishdi. Talabalardan Dilshod Sodiqov 2010 yil kik-boksing bo’yicha, Orzubek Shoimov esa boks bo’yicha Xalqaro turnirlar g’olibi bo’lishdi.

    Kafedra o’z faoliyatida O’zDJTI,  T.N.Qori NIyoziy nomidagi O’zPFITI, Jizzax DPI, Farg’ona davlat universitetlari bilan o’quv, ilmiy va ilmiy-metodik hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda.  

Kafedra professor o’qituvchilar tarkibi

 

TG’r

 

Professor-O’qituvchilar FISh

 

Lavozimi

 

1

Bairbekov Mamaqul

Dotsent

2

Komilov Jamoliddin

Dotsent

3

Tagiev Saftar

O’qituvchi

4

Nosirov Ergash

O’qituvchi

5

Taniberdiev Akmal

katta o’qituvchi

6

To’raboev Erkin

katta o’qituvchi

7

Norqulov Shavkat

O’qituvchi

8

Qambarov Davron

O’qituvchi

9

Jalolov Ibroxim

O’qituvchi

10

Sultonov Shuxrat

O’qituvchi

11

Zaxritdinov Alimardon

O’qituvchi

12

Kado’rov Rustam

O’qituvchi

13

Ergashev Bobir

O’qituvchi

14

Musulmonov Xusan

O’qituvchi

15

Karabaev Xusan

O’qituvchi

16

Xabibova Kamila

O’qituvchi

17

Mamatkulov Davron

O’qituvchi

18

Egamberdiev Abdusattor

O’qituvchi

img-1013.JPG

1397 | 2018-01-23 09:51
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish