Milliy goya, manaviyat asoslari va huquq talimi kafedrasi

Kafedra mudiri:  Kenjayev Shavkat

 Telefon: +998906807907kafedralar/milliy-goya.jpg

 Elektron manzili: uz-falsafa.guliston@umail.uz

 Qabul kunlari: seshanba, chorshanba, juma

 

    

«Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi» kafedrasining bosh ilmiy-tadqiqot mavzulari:

1. «Fundamental g’oyalarni rivojlantirishning dolzarb masalalari»
2. «2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning falsafiy asoslari»

 

Kafedraning tarixi:

«Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi» kafedrasi 1966-1967-o’quv yilida Filologiya fakulteti tarkibida «Ijtimoiy fanlar» kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan. 1972-1973 o’quv yilida «Ijtimoiy fanlar» kafedrasi «Falsafa va ilmiy kommunizm» kafedrasiga aylantirildi.1985-yili «Ilmiy kommunizm» kafedrasi mustaqil bo’lib ajralib chiqqach, «Falsafa» kafedrasi ilmiy ateizm, etika va estetika o’qituvchilarini birlashtirgan alohida kafedraga aylangan.Kafedradaga turli yillarda S.Jiyanxodjayev, A.Abulqosimovlar mudirlik qilgan. 1986-1991-yillarda dotsent B.Boboxonov, 1991-1994, 2001-2004, 2007-2009-yillarda dotsent O’.Begimqulov, 1994-1996, 2004-2007- yillarda dotsent R.Mahmudov, 1997-1998-yillarda dotsent A.Abdurasulov, 1999-2000-yillarda dotsent Sh.Yusupovlar mudirlik qilgan. 2009-yildan falsafa fanlari nomzodi, dotsent S.Ismoilov kafedra mudiri lavozimida ishlaydi. 2005 yilda kafedra “Milliy istiqlol g’oyasi va falsafa”, 2009 yilda «Milliy g’oya va falsafa» kafedrasi, 2013 yildan e’tiboran «Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi»   deb nomlanadigan bo’ldi.

 

 

Kafedraning ilmiy faoliyati:

Kafedra professor-o’qituvchilari: 1974-yilda Sh.Yusupov «Ilmiy texnika progressining kolxozchi dehqonlarning ma’naviy qiyofasining o’zgarishiga ta’siri» mavzusida, 1980-yilda O’.Begimqulov «Fan-texnika taraqqiyotining jamiyat ijtimoiy tizimini o’zgartirishdagi roli (O’zbekiston misolida)» mavzusida, 1984-yilda B.Boboxonov «Milliy madaniyat va millatlararo munosabatlar» mavzusida, 1991-yilda R.Mahmudov «Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy qarashlari» mavzusida, 2008-yilda S.Ismoilov “Naqshbandiya tariqatining tasavvuf taraqqiyotidagi o’rni” mavzularida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan.

 

Mahmudov Ravshanbek

Dotsent

ravshanbek8585@umail.uz

G'ofurov Bahrom

Katta o’qituvchi

bahrom123321@umail.uz

Kenjayev Shavkat     

Katta o’qituvchi

shavkat123654@umail.uz

Karimov Yo'ldosh 

Katta o’qituvchi

yuldosh123@umail.uz

Mavlonov Umid 

Katta o’qituvchi

umid123321@umail.uz

Olimova Muxtasar

Katta o’qituvchi

muhtasar123321@umail.uz

Janibekova Nodira       

Katta o’qituvchi

nodira1232@umail.uz

Amanov G’ofur

O’qituvchi

gofur123654@umail.uz

Haydarova Gavhar

O’qituvchi

gavhar8585@umail.uz

Boyeshonov Abdulla

O’qituvchi

abdulla456@umail.uz

Usmanova Xulkar

O’qituvchi

hulkar123@umail.uz

Usmanov Jahongir

O’qituvchi

jahongir757@umail.uz

Yusufaliev Orzimurod

Assistent -o’qituvchi

orzumurod123@umail.uz

Botirov Muzaffar     

O’qituvchi

muzaffar123@umail.uz

Sharipova Nazira

O’qituvchi-stajyor

nazira456@umail.uz

Anvarova Dildora

Stajyor-o’qituvchi

dildora8585@umail.uz

Dushaev Akbar

O’qituvchi

akbar789@umail.uz

Boqiev Farҳod

0,5 st o’qituvchi

farhod456@umail.uz

 

 

Falsafa kafedrasiga falsafa fanlari nomzodi R.Mahmudov rahbarlik qilgan yillarda Respublika miqyosida Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligiga bag’ishlab «Mirzo Ulug’bek – faylasuf olim» (1994-yil 14-mart), «Bahouddin Naqshbandning tasavvufga qo’shgan ulkan hissasi» (1994-yil), Barcha anjuman materiallari kitob holida nashr qilingan. Anjumanlarda faylasuf olimlar, akademiklardan: M.Xayrullayev, E.Yusupov, S.Shermuhammedovlar, hamda o’nlab professorlar ishtirok etganlar.

Toshkent davlat pedagogika instituti, Buxoro davlat universiteti, Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti va boshqa o’nlab o’quv yurtlari bilan «Milliy istiqlol g’oyasi» bo’yicha videokonferensiyalar o’tkazilgan.

Bundan tashqari kafedra dotsenti R.Mahmudovning «Husayn Voiz Koshifiy - axloqshunos olim» (1990 y.), «O’rta Osiyo mutafakkirlari axloq haqida» (1990 y.), «Navoiy va Koshifiy» (1990 y.) risolalari, va qo’llanmalari, falsafa fanlari nomzodi S.Ismoilovning «Bahovuddin Balogardon» (1994 y.), «Ma’naviyatning tiniq chashmalari» (1997 y., hammualliflikda), «Temur tafakkuri» (1999 y.), «O’zbekiston – buyuk siymolar yurti» (2006 y.), «Naqshbandiya buyuk tariqat» (2006 y.) risolalari nashr qilingan.

img-6240.JPG

 

Kafedra a’zolari O’zbekiston Fanlar akademiyasining I.M.Mo’minov nomidagi Falsafa va huquq instituti tomonidan har yili an’anaviy tarzda o’tkaziladigan «Mustaqillik: falsafaning dolzarb muammolari» mavzusidagi ilmiy anjumanda muntazam ishtirok etib keladilar. Kafedraning aksariyat a’zolari Zalsburg, Moskva, Rostov, Bishkek, Almati, Xo’jand, O’sh, Jettisoy, Sulyukta shaharlarida o’tkazilgan xalqaro anjumanlarda, YuNESKO qarori bilan o’tkazilgan Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi, “Alpomish” dostonining 1000 yilligi, Amir Temur tavalludining 670 yilligiga bag’ishlangan anjumanlarda ishtirok etganlar.

Ayni kungacha kafedra a’zolarining 300 dan ortiq ilmiy maqolalari nashr etilgan. Bir qator risolalari oily o’quv yurtlari, kasb-hunar kolleji, litsey, maktab talaba-o’quvchilari, o’qituvchilari uchun qo’llanma vazifasini o’tab kelmoqda.

Kafedra qoshida “Tafakkur shaydolari” (rahbari – S.Ismoilov), «Fikr» (rahbari– N.Saidqulov), “Hikmat” (rahbari – Y.Karimov), “Umidli yoshlar” (rahbari– U.Mavlonov), “Yosh notiqlar” (rahbari – F.Boqiyev) to’garaklari faoliyat ko’rsatadi.

Kafedraning ilmiy hamkorligi va axborot resurs bazasi:

«Milliy g’oya va falsafa» kafedrasi O’zbekiston Fanlar akademiyasining I.M.Mo’minov nomidagi Falsafa va huquq instituti, O’zbekiston Milliy universiteti, Sharqshunoslik instituti kabilar bilan yaqin hamkorlik qilib keladi, birgalikda ilmiy anjumanlar, seminarlar uyushtiradi. Bundan tashqari, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik institutii, Toshkent islom universiteti, Andijon, Farg’ona, Urganch, Buxoro, Samarqand universitetlari, Qo’qon, Jizzax, Navoiy, Angren pedagogika institutlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi va Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi bilan uzviy aloqa o’rnatgan.

 

Kafedrada tayyorlangan o’quv va elektron adabiyotlar:

Kafedrada mavjud 35 ta o’quv fanlaridan 32 tasida o’quv uslubiy majmua va 3 ta: Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar (dotsnt O`.Bgimqulov, B.Boymurodov), Ma’naviyat asoslari (falsafa fanlari nomzodi S.Ismoilov) va “Madaniyatshunoslik” (Sh.Kenjayev) fanlaridan elektron o’quv qo’llanma yaratilgan.

Kafedra manzili:

Guliston shahri.
Guliston davlat universiteti, Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet binosi, 2-qavat, 212-xona
Tel.(8-367-2-)25-41-76
Faks. (8-367-2-)25-40-42
Elektron pochta: uz-falsafa.guliston@mail.ru, milliy_goya@inbox.uz

866 | 2017-12-26 15:59
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish