Kafedra mudiri: Toshtemirov Doniyor
Qabul vaqti: Xar kuni soat 9-00 dan 17-00 gacha
Kafedra strukturasi:
Kafedralarda quyidagi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlarni tayyorlaydi
5110900 Pedagogika va psixologiya
5210203 Amaliy Psixologiya
5210200 Psixologiya
Kafedrada quyidagi mutaxassislik ta’lim yo’nalishlari bo’yicha magistrlarni tayyorlaydi
5A110902 Pedagogika va psixologiya
Pedagogika va psixologiya tarixi:
Pedagogika va psixologiya kafedrasi 1966 yilda tashkil etilgan. Bosh ilmiy muammo «Bo’lajak o’qituvchi shaxsi kasb madaniyati shakllanishining nazariyasi va amaliyoti» mavzusi bo’yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilgan. Kafedraga 1966 yillardan boshlab Turg’unov Q. T, Tsoy Gennadiy, Julanov Q. A, Arimboev S, Abdukarimov H. O. Suvonov, G. Davirova kabi professor o’qituvchilar boshchilik qilganlar. Mustaqillik davrida 5 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi. Kafedra a’zolari ta’lim-tarbiya va ijtimoiy sohalarda faollik ko’rsatib kelmoqdalar. Ularning pedagogik faoliyati davlat tomonidan yuqori baholanmoqda. G. Davirova «Do’stlik» ordeni bilan, H.Abdukarimov, A.Ahmedov, O.Suvonov, A.Fadeevlar «Xalq ta’limi a’lochilari» nishonlari va ko’plab faxriy yorliqlar bilan taqdirlanganlar. Kafedra a’zolari tomonidan o’nlab monografiyalar, yuzlab ilmiy-uslubiy maqolalar e’lon qilingan.
Kafedraga 2016 yildan boshlab psixol.f.n. dotsent Xolnazarova Matluba Xolbo’taevna mudirlik qilib kelmoqda. Bugungi kunda kafedrada pedagogika fanlari nomzodi, dotsent H.Abdukarimov psixologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar, M. Xolnazarova, katta o’qituvchilar O. Suvanov, Yo. Nurumbekova, O’ Shukurova, G. Qurbonova, U.Xoliqov, o’qituvchilar S.Xaydarova, Sh. Fayzieva, G. Toshmatova, D.Nosirova, O.Nazarova, S.Jonzoqova, R. Suleymanova, J.Mirzaevlar kabi tajribali o’qituvchilar faoliyat ko’rsatishmoqda.
Kafedra professor-o’qituvchilari barcha ta’lim yo’nalishidagi talabalar uchun fan bo’yicha zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida bilim, ko’nikma va malaka bermoqdalar.
Kafedra a’zolari rahbarligida 2017 yildan boshlab viloyatimiz va qo’shni viloyatlarga “pedagogik psixologiya ”, “Amaliy psixologiya”, qo’shma dastur asosida Qozon fideral universiteti bilan “Psixologiya” yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlab berish yo’lga qo’yildi. Magistrlik mutaxassislik bo’yicha “Pedagogika va psixologiya” mutaxassislikni 2019-2020 o’quv yilidan talabalar tag’sil olmoqda. Kafedramizda bugungi kunda jami 22 ta professor-o’qituvchi faoliyat yuritmoqda. Shulardan 18 tasi to’liq stavkada. 3 tasi o’rindosh. Kafedramiz professor-o’qituvchilarining tarkibida 1 ta professor, 4 ta dotsent, 1 ta fan nomzodi bor. Professor-o’qituvchilarning o’rtacha yoshi 45.
Pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o’qituvchi a’zolari quyidagilar
Pedagogika va psixologiya kafedrasining hamkorlik aloqalari;
Pedagogika va psixologiya kafedrasi Kazan fideral universiteti bilan hamkorlik faoliyatini olib bormoqda. Kazan fideral universiteti bilan hamkorlikda 5210200 Psixologiya ta’lim yo’nalishi bo’yicha 26 nafar talaba tahsil olmoqda. O’zbekiston Milliy universiteti, Buxoro davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universiteti, Jizzax Pedagogika instituti, Andijon davlat universitetlari bilan hamkorlik ishlarini olib bormoqda.
Pedagogika va psixologiya kafedrasining ilmiy faoliyati
Kafedrada 1 ta professor, 4ta dotsent, 1ta fan nomzodi, 8 ta doktarant, 15 ta magistr ilmiy pedagogik faoliyat yuritmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilar tomonidan 3 ta darslik, 5 ta monografiya, 8 ta o’quv qo’llanma, 15 dan ziyod o’quv-uslubiy qo’llanmalar chop ettirilgan. 1 ta patent olingan. Xorijiy davlatlarda 15 ta ilmiy maqola, xorijiy konferentsiyalar 25 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.