GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...                     Yuksak manaviyat engilmas kuch. Islom Karimov.

Universitet erishgan yutuqlari

Universitet erishgan yutuqlari

 Universitetda bugungi kunda umumiy qiymati 563 million 456 ming so’mlik 10 ta loyiha (8 ta amaliy, 1 ta yosh olimlarning amaliy va 1 ta innovatsion) ustida 60 nafardan ortiq professor-o’qituvchi, yosh olimlar, doktorantlar, magistr va bakalavr talabalar ilmiy tadqiqot ishlarini samarali davom ettirib kelishmoqda.

  • Quyidagi ixtisoslik yo’nalishlari bo’yicha15 nafar talabgorlar tayanch doktoranturaga va 7 nafar mustaqil izlanuvchilik asosida doktoranturaga o’qishga qabul qilindi:

01.01.01- Matematik analiz 

01.04.00 – Fizika                   

02.00.07 – Kompozitsion, lak-bo’yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi

02.00.10 – Biorganik kimyo 

03.00.12 – Biotexnologiya 

03.00.05 – Botanika

03.00.06 – Zoologiya

03.00.07 – O’simliklar fiziologiyasi va biokimyosi

08.00.01 -  Iqtisodiyot nazariyasi

10.00.01 – O’zbek tili. O’zbek adabiyoti

13.00.01 – Pedagogika nazariyasi va tarixi

13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo’yicha)

13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi.

  • “Yoshlarning Innovatsion g’oyalar respublika ko’rik-tanlovida “Qishloq xo’jaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” yo’nalishi bo’yicha “Ekologiya va geografiya” kafedrasi yosh o’qituvchisi Kenjaev Aziz “Sho’rlangan tuproqlar unumdorligini oshiruvchi agrobiotexnologiyalar” mavzusida bajarilayotgan amaliy loyiha bilan ishtirok etib, ko’rik tanlovning g’olibi sifatida tan olindi.
  • Talabalar Respublika Fan olimpiadasida ishtirok etgan Pedagogika fakulteti, Musiqa yo’nalishi, 1-kurs  talabasi Mamatova Nozima Faxriddin qizi Rus tili (umumkasbiy) fani bo’yicha, Filologiya fakulteti, Qozoq tili yo’nalishi, 3-kurs talabasi Asetova Baljan Nurbaevna “Qozoq tili va adabiyoti (mutaxassislik)” fani bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritib, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining fag’riy yorlig’i va qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlandilar.
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 28-sentyabrdagi “2017-2018 o’quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari talabalariga O’zbekiston Respublikasi nomli Davlat stipendiyalarini (Navoiy, Beruniy, Ulug’bek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Islom Karimov) tayinlash to’g’risida”gi 698-son buyrug’iga asosan Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetining “Iqtisodiyot” ta’lim yo’nalishi        4-kurs, 63-14 guruhi talabasi Shodiboeva Mastura Komiljon qizi va Filologiya fakulteti “Ingliz tili va adabiyoti” ta’lim yo’nalishining     4-kurs, 9-14 guruhi talabasi Pozilov Elyor Abduvoxid o’g’liga 2017-yil 2-sentyabridan Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyasi, Pedagogika fakulteti “Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish” ta’lim yo’nalishi 3-kurs, 42-15 guruhida davlat granti asosida tahsil oluvchi talaba Qayumova Shohsanam To’lqin qiziga 2017 yil  2 sentyabridan Islom Karimov nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyasi tayinlandi.
  • 2017-yilning 10-12-may kunlari Toshkent shahrida o’tkazilgan “Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihala  X Respublika yarmarkasi”da universitet jamoasi  banner, ishlanma maketi va namunalari bilan faol ishtirok etishib, jami 92,0 mln.so’mlik shartnoma imzoladilar.

 15. Universitetning magistratura bo’limi haqida ma’lumot.

Universitet rahbariyati tomonidan  kafedralarning tashabbusi bilan 8 ta mutaxassislik bo’yicha magistraturni qayta tashkil etish yuzasidan hujjatlar tayyorlanib, vazirlikka taqdim etilgan edi. Vazirlik ushbu taklifni atroflicha o’rganib, 2013-2016 o’quv yillarida  3 mutaxassisliklar bo’yicha (5A140101-Biologiya, 5A110701-Ta’limda axborot texnologiyalari, 5A140501-Kimyo (analitik kimyo) 2017-2018-o’quv yilida 4 ta (Biologiya, Axborot texnologiyalari Kimyo va Fizika) mutaxasisliklari bo’yicha magistrlar qabul qilindi. Hozirgi kunda universitetning mazkur yo’nalishlari bo’yicha jami 12 nafar talabalar, shu jumladan 2 nafar qizlar magistraturaning 1-kursida ta’lim olmoqdalar.

  • Magistratura bo’limining ish faoliyati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to’g’risidagi Nizom”  talablari va unda ko’rsatilgan  namuna asosida  yuritilmoqda.
  • Biologiya kafedrasining  magistr talabalari Guliston davlat universiteti va O’zRFA O.S.Sodiqov nomidagi bioorganik kimyo instituti hamda O’zRFA O’simlik va hayvonot olami genofondi instituti  o’rtasida  tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. 
  • Biologiya kafedrasida 5A140101-Biologiya mutaxasisligi bo’yicha magistratura talabalariga 6 ta mutaxasislik fanlaridan etakchi professorlar va dotsentlar dars berishadi. Bular: b.f.d.prof. Dadaev S, b.f.d., A.Pozilov, b.f.d., H.Qarshiboev, b.f.d., H.Qo’shiev, b.f.n., dots S.Doniyorov, b.f.n. L.Botirova, b.f.n., dots J.Qarshiboevlardir. Ko’rsatib o’tilgan professor-o’qituvchilar 5A140101-Biologiya mutaxassisligi yo’nalishi bo’yicha pedagogik tajriba va mahoratlari etarli darajada. O’tiladigan fanlaridan darslik, uslubiy qo’llanma va didaktik materiallari etarli va talab darajasida.
  • 5A140501-Kimyo (analitik kimyo)” magistraturasining mutaxassis fanlar bo’yicha o’quv jarayoniga jalb etilgan professor-o’qituvchilarning barchasi ilmiy darajaga ega. Bular: k.f.d.,prof T.M.Boboev, k.f.d., k.f.n., dotsent N.T.Turobov, O’zR FA akad. O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti etakchi ilmiy xodimi k.f.n., M.B.G’ofurov, k.f.n., dots O’.Abduraxmonova. Fanlardan o’quv uslubiy majmualar, ma’ruza matnlari, nazorat savollari, taqdimotlar tayyorlangan va mashg’ulotlar zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida olib borilmoqda.
  • 5A110701-Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi magistraturasi o’quv jaryoniga jalb qilingan professor-o’qituvchilar quyidagilardan iborat: p.f.d. prof. Abduqodirov A.A, t.f.d. prof. Radjabov B.Sh, p.f.n., dots. Abduraximov D.B, p.f.n dots. Isoqov I, p.f.n dots. Allayorov S.P, p.f.n., dots. Qulmamatov S.I, p.f.n., dots.v.b. Toshtemirov D.E. Shuningdek, MD ning tajribalarini bajarishda maslaxatchilar Nizomiy nomli TDPU “Informatika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi mudiri p.f.n., dots. Mamarajapov M.E.  jalb etilgan. Ushbu professor-o’qituvchilarning magistr talabalarga dars o’tishlari uchun tajriba va mahoratlari etarli, ular tomonidan talab darajasida uslubiy qo’llanma va boshqa o’quv materiallari chop etilgan.
  • Magistrantlarga Respublikamizning etachi OTM va ITM da barcha zaruriy sharoitlar yaratilib, ilmiy maslahatchilar biriktirilgan.

 17. Universitetning innovatsion markazi haqida ma’lumot

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to’g’risidagi Qonunlarida ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga alohida e’tibor berilgan. Shulardan kelib chiqqan holda ta’lim, fan va amaliyotning o’zaro manfaatli hamkorligini tashkil etishning innovatsion mexanizmini  ishlab chiqish va joriy etish yo’lida universitet kafedralari tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi usuvor vazifalarga mos holda  kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan. Mazkur qarorda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda universitet qoshida tashkil etilgan o’quv-ilmiy kompleks faoliyatining ustuvor yo’nalishlarini aniqlash va o’zaro muvofiqlashtirish, respublikamiz va xorijiy davlatlardagi etakchi olimlar va ilmiy xodimlarni o’quv jarayoniga jalb etish, hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqot ishlari va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish kabi masalalarni hal etish maqsadida universitet rektori raisligida o’quv-ilmiy kompleks faoliyatini Muvofiqlashtirish kengashi tashkil etildi. Shu bilan birga universitet rektorining 2015-yil 19-noyabrdagi 346-O sonli buyrug’i asosida Guliston davlat universitetida “Ta’lim, fan va ishlab chiqarish innovatsion hamkorlik” tadqiqot markazi tashkil etildi va uning faoliyati tasdiqlangan Nizom asosida olib borilmoqda.

            2017-yilning 1-yanvar holatiga universitetda 18 ta innovatsion guruh faoliyat yuritib, ular respublikamizdagi 52 ta tashkilot, korxona, muassasalar bilan innovatsion hamkorlik aloqalarini o’rnatgan.

Mutaxassis chiqaruvchi kafedralar qoshida tashkil etilgan innovatsion guruh a’zolari tomonidan 2017 yil davomida hamkor ishlab chiqarish korxonalari muammolarini o’rganish va ma’lumotlar bazasini yaratish, shular asosida muammolarni hal etish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini yo’lga qo’yish to’g’risida o’zaro manfaatli shartnomalar tuzish, oldingi tuzilgan shartnomalarni qayta ko’rib chiqish va hamkorlik shartnoma muddatini uzaytirish ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga mutaxassislik kafedralarining xususiyatidan kelib chiqib, Respublika miqyosidagi bir qator ITI bilan hamkorlikda davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bosh ilmiy-tadqiqot mavzulari asosida kompleks ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish  yuzasidan shartnomalar tuzildi.

            Kafedralar qoshida tashkil etilgan innovatsion guruhlar tarkibiga kirgan professor-o’qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar magistr va talabalarning tajriba almashishlarini, ilmiy amaliyotlarini va ular tomonidan ishlab chiqarish korxonalari muammolarini chuqur tahlil qilishlarini tashkil etish borasida tegishli chora-tadbirlar ko’rildi.

Bugungi kunda universitetda innovatsion guruh a’zolari tomonidan tayyorlangan ilmiy ishlanma, loyihalar bilan Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar XI Respublika yarmarkasida ishtirok etish maqsadida tayyorgarlik ishlari davom ettirilmoqda. Ushbu yarmarkaga tayyorgarlik ishlarida yoshlarni, doktorantlar, magistr va iqtidorli talabalarni jalb etishga e’tibor qaratilgan.

Universitetda faoliyat ko’rsatayotgan 359 nafar professor-o’qituvchilar, yosh olimlar va mustaqil tadqiqotchilardan  320 dan ortig’i (89 %)  viloyatning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Ular tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalar va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha  2017-yilning  10-12 may kunlari “O’zekspomarkaz”da bo’lib o’tgan innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar  X Respublika yarmarkasida 7 ta ilmiy-innovatsion ishlanmalar, bannerlar, bukletlar, tarqatma materiallar, taqdimotlar va tayyor mahsulotlar  namoyish etilib, jami 92,0 mln.so’mlik shartnomalar imzolandi. Namoyish etilgan ilmiy ishlanmalar asosan qishloq xo’jalik ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, viloyatimiz sharoitiga mos keladigan, sho’rga va qurg’oqchilikka chidamli o’simlik navlarini yaratish va iqlimlashtirish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashning yuqori samaradorlikka ega bo’lgan va resurstejamkor texnologik liniyalarini yaratishga qaratilgan.

Kafedrada faoliyat olib borayotgan innovatsion guruh a’zolari tomonidan, tegishli mutaxassislik bo’yicha tahsil olayotgan bakalavr, magistr talabalarni bitiruv oldi amaliyotiga shartnoma asosida xamkorlikda ish olib borayotgan tashkilot, korxona va muassasaga yuborish va keyinchalik ularni o’sha muassasaga ishga qoldirish bo’yicha ikki tomonlama o’zaro manfaatli kelishuvlar amalga oshirilmoqda.

444 | 2018-01-09 11:52
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

 
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.
Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!

Powered by Anvar Abduqayumov 2017 - 2018