Guliston Davlat Universiteti
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, talabalarning qobiliyatini yuzaga chiqarish, bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ilmiy-amaliy seminarlar
Joriy yilning 6-aprel sanasida  Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi va Pedagogika fakulteti Pedagogika psixologiya yo’nalishi professor-o’qituvchilari, magistrlar va qtidorli talabalari ishtirokida “Yosh ijodkorlar” to’garagi rahbari Gulzoda Tashmatova boshchiligida navbatdagi: “Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, talabalarning qobiliyatini yuzaga chiqarish, bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ilmiy-amaliy seminarlar” doirasida konferentsiya tashkil etildi. Tadbirda ishtirok etgan barcha faol talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandi.
4997 | 2021-04-08 22:26 | Batafsil
O‘zbekiston uchun 100 g‘oya
Guliston davlat universitetida iqtidorli talabalar tamonidan  “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” shiori ostida yoshlarning innovatsion g‘oyalar tanlovi tashkil etildi.  Ushbu tanlovlarda 105 nafar talaba yoshlar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari bilan ishtirok etishdi. Tegishli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topilgan innovatsion g’oya mualliflari universitet rektori M.Xodjiyev tomonidan munosib taqdirlanishdi.
5343 | 2021-04-08 22:23 | Batafsil
Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi malaka oshirish kurslariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyati filiali,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining Guliston hududiy filiali hamda Guliston davlat universiteti bilan hamkorlikda 2021-yil 6-aprel kunidan boshlab Sirdaryo viloyat tuman (shahar) hokimlarning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshliqlari uchun navbatdagi malaka oshirish kurslari o&…
4365 | 2021-04-07 06:16 | Batafsil
Hokim va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
2021-yil 31-mart kuni Mirzaobod tumani hokimligi va Guliston davlat universiteti hamkorlikda Guliston davlat universitetining Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti  “Iqtisodiyot”, “Menejment” va “Kasb ta’limi: iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan “Hokim va yoshlar” ucharshuvini tashkil etishdi. Uchrashuvda Mirzaobod tumani hokimi Jonibek Muzaffarovich Yariyev ishtirok  etdi. Uchrashuvning asosiy maqsadi talabalarning “Besh tashabbus” doirasidagi intilishlarini rag‘batlantirish, talabalar tomonidan yaratilgan innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘ldi.          Dastlab faol talabalarning innovatsion g‘oyalari namoyishi o&lsqu…
4982 | 2021-03-31 16:09 | Batafsil
Guliston davlat universitetida 2021-yil 1-choragida murojaatlar bilan ishlash faoliyatini o‘rganish haqida
Guliston davlat universitetining  jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g’risida”gi Qonuni hamda boshqa tegishli qonun hujjatlari talablari asosida ko‘rib chiqilishi ta’minlanib kelingan.           Universitetga 2021 yil 25 mart holatiga ko‘ra jami 35 ta, shundan Prezident virtual va Xalq qabulxonalari orqali 15 ta (2 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda) va bevosita boshqa tashkilotlar orqali 20 ta murojaat kelib tushgan. Kelib tushgan murojaatlarning 18 tasi qanoatlantirilgan, 17 tasiga tushuntirish berilgan.           Universitetga 2020 yil  yanvar oyida…
5038 | 2021-03-31 10:29 | Batafsil
DEPUTATLAR BILAN UCHRASHUV
Guliston davlat universitetida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputatlari Inomjon Qudratov va Nodira Djanibekovalar bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi. Deputat – xalq vakili, yangi qonunlar qabul qilinishida o'z aql-idroki, salohiyati bilan faol ishtirok etadi. Oliy Majlis deputatlari xalq ehtiyojlaridan kelib chiqib, davr taqozosiga ko'ra, yangi qonunlar ishlab chiqishishda, qonunlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritishda ishtirok etadilar. Uchrashuvda Xalq demokratik partiyasi, Adolat sotsial demokratik partiyasi deputatlari, faollar, professor-o'qituvchilar, talabalar ishtirok etdilar. Deputatlar bilan uchrashuv qizg'in savol-javoblar bilan mazmunli o'tdi.
4218 | 2021-03-30 06:53 | Batafsil
Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
"Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"  Vazirlar Mahkamasining qarori ¹ 134-son. 13.03.2021
5539 | 2021-03-29 14:46 | Batafsil
“Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2021-yil 12-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishida ta’lim muassasalarida yoshlar orasida ekstremizm g‘oyalariga berilishning oldini olish hamda ularni ilm-fan va kasb-hunarga qiziqtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi ta’kidlangan edi. Guliston davlat universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet rektori maslahatchisi, professor Ravshanbek Mahmudov kirish so‘zi bilan ochdi va boshqarib bordi. Tadbirda O‘zbekisto…
4972 | 2021-03-24 17:08 | Batafsil
Senator bilan uchrashuv
Guliston davlat universiteti “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi talabalari bilan O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zosi, kafedraning sobiq o‘qituvchisi Farxodjon Boqiyev bilan uchrashuv bo‘lib o’tdi. Uchrashuvni “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi mudiri Shavkat Kenjayev kirish so‘zi bilan ochdi. Professor Ravshanbek Mahmudov yangi darsligini senatorga sovg‘a qildi.           Senat a’zosi Farxodjon Boqiyev qabul qilinayotgan yangi Qonunlar, ularni tayyorlanish jarayonlari haqida qiziqarli, mazmunli ma’ruza qildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘pdan-ko&lsqu…
4377 | 2021-03-23 11:40 | Batafsil
TABRIK
Aziz hamkasblar! Guliston davlat universitetining butun jamoasini kirib kelayotgan mo’tabar ayyom – Navro’zi olam bilan samimiy muborakbod etaman!  Shu ajoyib kunlarda millati, tili, dinidan qat’i nazar, yurtimizda yashayotgan har qaysi inson, har qaysi oila Navro’z bayramini shodu xurramlik bilan bahor sog’inchi va katta orzu-niyatlar bilan kutib olmoqda. 2021-yilning Navro’z shodiyonalari xalqimiz qalbini dunyoga, birinchi navbatda qo’shni mintaqalarga keng ochayotgan, butun olamda tinchlik, osoyishtalik, o’zaro hamkorlik rishtalarini maxkam bog’lashga har qachongidan ko’proq intilayotgan bir muhitda o’tayotgani yanada quvonchli. Vatanimizning taraqqiyoti, dunyoning rivojlangan demokratik davlatlari qatoriga…
4510 | 2021-03-23 09:17 | Batafsil
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023
PreviousNext -->