Guliston davlat universitetida xotin-qizlarni himoya qilishga qaratilgan psixologik tadbir tashkil etildi
2025-yil 17-iyun kuni Guliston davlat
universiteti Psixologi M.Karimova, Xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi
N.Sultonova hamda Psixologiya ilmiy-amaliy markazi rahbari S.Sharapova
tomonidan Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti hamda Axborot texnologiyalari
fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish”
mavzusida psixologik trening va davra suhbatlari tashkil etildi.
Tadbirda har bir ayolning oilada, ish joyida,
ta’lim muassasalarida va jamoat joylarida o‘zini xavfsiz va erkin his etishi
jamiyat barqarorligining muhim omillaridan biri ekani ta’kidlandi.
Professor-o‘qituvchilar nafaqat ta’lim beruvchilar, balki ijtimoiy adolat,
inson huquqlari va tenglik g‘oyalarini ilgari suruvchi faol shaxslar sifatida
jamiyatdagi zo‘ravonlik holatlarini kamaytirishga o‘z hissalarini qo‘shishlari
zarurligi qayd etildi.
Axborot texnologiyalari fakultetida o‘tkazilgan
davra suhbatida esa zo‘ravonlikning barcha turlari va ularning psixologik
oqibatlari haqida so‘z yuritildi. Tadbir ishtirokchilariga xotin-qizlar ruhiy
holatini asrash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va ularga nisbatan har
qanday tazyiqqa murosasiz munosabatda bo‘lish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Bunday tashabbuslar orqali universitet jamoasi sog‘lom fikrli va sog‘lom ruhiyatli avlodni shakllantirishga, xotin-qizlarga nisbatan hurmat va e’tiborni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
