Devonxona va arxiv bo’limi
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Devonxona va arxiv bo’limi


Guliston davlat universiteti devonxona va arxiv bo’limi mudirasi: Yarkinbaeva Sayyora Jonibekovna


Qabul kunlari: : Har kuni (9:00-17:00)

Rus tili, turk tili, ingliz tillari

67-225-31-34


1993-1998 yy. - Guliston davlat universiteti talabasi
1998-2005 yy. - Mirzaobod tumani 10-maktab o’qituvchisi
2005-2008 yy. - Mirzaobod tumani 1-maktab o’qituvchisi
2008-2017 yy. - Guliston davlat universiteti o’zbek adabiyoti kafedrasi katta laboranti
2017-2017 yy. - Guliston davlat universiteti rus tili va adabiyoti kafedrasi kabinet mudiri
2017 y. - h.v. - Guliston davlat universiteti devonxona va arxiv bo’limi mudirasi



Bo‘lim haqida


Devonxona arxiv bo`limida 4 nafar xodim faoliyat yuritadi. Devonxona va arxiv bo`limi boshligi – S.Yarkinbayeva, Ish yurituvchi – A.Yuldashev, H. Abdukarimov, arxivarius – S.Haytmetovalar.
Devonxona va arxiv bo`limi internet tarmog`iga ulangan va xona lokal tarmoqqa ulangan bo`lib 3 dona kompyuter, 2 ta printer, 1 ta skaner bilan jihozlangan.
Devonxona bo`limi quyidagi 3 ta pochtalar orqali xatlar qabul qiladi
1. Infox edu.uz
2.ijro.gov.uz
3.exat.uz
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 fevraldagi 12-sonli «Ijro intizomini mustahkamlash to’g’risida»gi, 1999 yil 29 martdagi 140-sonli «O’zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati organlarida va boshqarmalarida ish yuritish bo’yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash va ijro nazoratini tashkil qilish to’g’risida»gi qarorlariga amal qilgan holda universitetda hujjatlarni ijro intizomi bo’yicha ish yuritilishiga amaliy yordam ko’rsatadi va bu boradagi ishlar sifatini nazorat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasi va boshqa vazirlik, idora, tashkilotlardan kelib tushgan hujjatlarni qabul qiladi, ro’yxatga oladi va (ijro.gov.uz) avtomatlashtirilgan dastur orqali rahbarga zudlik bilan etkazadi.
Boshqaruv faoliyatini hujjatlashtirish, xatlarni jo’natish va ichki hujjatlarni tuzish, rasmiylashtirish ishlarini amalga oshiradi.
Hujjatlarni belgilangan muddatda idoraviy arxivga topshirishga tayyorlaydi va topshiradi.

Devonxona va arxivbo’limining vazifalari:
Universitet tarkibiy qismlarida ish yuritishni to’g’ri tashkil qilish;
Rektor topshirig’iga asosan universitet xodimlarini O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Respublika Oliy Majlisi hujjatlari, Respublika Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Prezident devoni hamdaRespublika vazirlik, idora va tashkilotlaridan kelgan hujjatlar bilan tanishtiradi.
Yangi ishga kelgan xodimlarni ish yuritish bo’yicha Yo’riqnoma, ichki mehnat tartibi va ish yuritish bo’yicha boshqa hujjatlar bilan tanishtiradi;
Universitet xodimlari bilan birgalikda rektor buyrug`i, farmoyish va javob xatlari loyihalarini sifatli tayyorlashga ko’maklashadi;
Universitetga kelib tushayotgan barcha hujjatlarning nusxalarini tegishli mas’ul xodimlarga yetkazishni tashkil qiladi;
Universitetda ish yuritishni davlat tilida olib borilishini, kompyuterlashtirilishini, kelgan axborotlarni qayta ishlanishini hamda ish yuritish madaniyatini oshirilishini ta’minlaydi;
Hujjatlarni doimiy tahlil qilish hamda rahbariyatga tayyorlanadigan me’yoriy hujjatlarning sifatini oshirish, hujjatlar aylanma harakatini kamaytirish yuzasidan takliflar kiritish;
Rahbariyat tomonidan nazorat qilinadigan hujjatlar: O’zbekistan Respublikasi Prezidenti Farmon, farmoyishlari, Oliy
Majlis qaror, topshiriqlari, qonunlar, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, Hay’at qarorlari, modemnomalari , viloyat hokimi qaror, farmoyishlari, Xalq deputatlari viloyat kengashi sessiya qarorlari, hamda fuqarolar taklif va arizalarini o’z vaqtida ko’rib chiqilishini tashkil qiladi;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlisi hamda vazirlik va idoralar tomonidan so’ralgan axborotlarni o’z vaqtida yetkazilishini nazorat qiladi;
Universitetda fuqarolar yozma va og’zaki murojaatlarining o’z vaqtida ko’rib chiqilishi ustidan nazorat o’rnatadi;
Universitetda hujjatlar saqlanishini ta’minlash va nazorat qilish, hujjatlar nomenklaturasini tuzish;

10725 | 2017-12-26 17:11

Resurslar

Talabalar kontingenti

16379

Jami talabalar soni

8000

Kunduzgi ta'lim

8209

Sirtqi ta'lim

49

Kechki ta'lim

121

Magistr

19

Xorijiy talabalar

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

Categoriyalar