Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

Title


Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik
kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig'i
: Turdikulov Olim Tairkulovich

Tarix fanlari nomzodi (PhD)

Qabul kunlari: Dushanbadan, Jumagacha (9:00-17:00)

Rus, Ingliz tillari

(67) 225-38-01, Fax: (67) 225-42-75

turdikulov_olim@guldu.uz

2004-2005 yy. – Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanidagi 5-umumta’lim maktabida tarix fani o’qituvchisi.
2005-2015 yy. – Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari va tarix fani o’qituvchisi.
2015-2016 yy. – Guliston davlat universiteti qoshidagi 1-Akademik litseyida tarix fani o’qituvchisi.
2016-2020 yy. – Keimyung University (Tegu, Janubiy Koreya) magistratura talabasi va mehnat faoliyati.
2021-2021 yy. – Guliston davlat universitetida Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i.
2021-2024 yy. – “El-yurt umidi” Jamg’armasi davlat stipendiyasining doktorantura dasturi asosida Rossiya Federatsiyasi Milliy tadqiqotlar Tomsk davlat universiteti aspiranti va Yevrosiyo tadqiqotlari markazining (Центр евразийских исследований ТГУ) ilmiy xodimi.
2024-2025 yy. – Guliston davlat universiteti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limining bosh mutaxassisi, Registrator ofisining “Xalqaro aloqalar va akademik mobillik” yo’nalishi menejeri.
2025 y. – h.v. – Guliston davlat universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo’limi boshlig’i.
Fan va texnika tarixi;
O'zbekistonning eng yangi tarixi;
Manbashunoslik va tarixshunoslik.



Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi maqsadi va faoliyatning asosiy yo‘nalishlari:


1. Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi universitet tarkibiy qismi bo‘lib, u Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda universitet rektorining buyrug‘i bilan tashkil etiladi.
2. Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga va boshqa hujjatlarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, normativ-huquqiy hujjatlari, ko‘rsatmalari, universitet ilmiy kengash qarorlari, rahbarining buyruqlari, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi fan va ta’lim integratsiyasining bir turi sifatida universitetda kadrlar tayyorlash, o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot natijalaridan foydalanish va aprobatsiya qilish, o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar malakasini oshirishni tashkil etish maqsadida ularning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi.

Bo'lim hayotidan lavhalar

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Studentmisiz?