Universitetning xalqaro grant loyihalari
Universitetning xalqaro grant loyihalari haqida ma’lumot.
Guliston davlat universiteti Yevropa ittifoqining ErasmusQ(Tempus) dasturining 574055 – EPP-1 – 2016-1-IT – EPPKA 2 – CBHE – JP registratsiya raqamli “RENES: Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit sohasida magistrlik dasturini ishlab chiqish” mavzusidagi chet el granti bo’yicha tanlov g’olibi deb topildi va 2016-yilning 15-oktyabridan 2019-yilning 14-oktyabrigacha, 3 yil muddatga, umumiy moliyaviy hajmi 250,4 ming evro miqdoridagi grant loyihasida hamkor sifatida ish boshlab, 2017-yilda 83,5 ming evro miqdoridagi ilmiy-tadqiqot ishlari bajarildi.
Mazkur chet el granti loyihasining maqsadi quyidagilardan iborat:
- Yevropa standartlariga mos keladigan qayta tiklanuvchi energiya manba’lari (RES) va barqaror atrof muhit (SE) bo’yicha yangi magistrlik o’quv dasturini ishlab chiqish;
- O’zbekistondagi 6 ta OTMning RES va SE sohasi bo’yicha salohiyatini ko’tarish;
- Qayta tiklanuvchi energiya bo’yicha laboratoriya yaratish;
- RES va SE doirasida fan-ta’lim-innovatsiya integratsiyasini rivojlantirish.
Mazkur loyihani amalga oshirish natijasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, shu jumladan quyosh energiyasidan foydalanish istiqbollari kengayadi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish masalalarini yechishda yangicha yondoshish layoqatiga ega bo’lgan muhandislarni tayyorlashga erishiladi.
Loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hukumat tomonidan olib borilayotgan sanoatni va energiya manba’larini barqaror rivojlantirish borasidagi milliy siyosatimizga to’la mos keladi. Demak, respublikamiz OTMlari uchun Yevropa standartlariga mos keladigan qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit sohasida magistrlik dasturini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri bo’lib qoladi. Taklif etilayotgan ushbu chet el grant loyihasi O’zbekistonning 6 ta OTMlarida, shu jumladan Guliston davlat universitetida amalga oshirish rejalashtirilgan.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining talablaridan kelib chiqqan holda, universitetda loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va ularning natijalari to’g’risida har chorakda vazirlikka hisobot berib borish vazifasi yuklatildi. Chet el granti bo’yicha loyihada belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash uchun mas’ul ijrochilar sifatida Sh.Niyazov – fizika kafedrasi dotsenti, universitetda qayta tiklanuvchi energiya manba’lari bo’yicha magistrlik dasturini ishlab chiqish va tayyorlash bo’yicha mas’ul; O’.Davlatov – fizika kafedrasi mudiri, chet el granti loyihasi doirasida o’quv seminarlarini tashkil etish bo’yicha mas’ul; A.Abdullaev – fizika kafedrasi dotsenti, magistrlik dasturini ishlab chiqish va tayyorlash bo’yicha mas’ul; M.Komilov – fizika kafedrasi o’qituvchisi, magistrlik dasturini ishlab chiqish va tayyorlash bo’yicha mas’ul etib belgilandi.
Mazkur loyiha doirasida 2017-yilda Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Azamat Shaimkulov va Fizika kafedrasi dotsenti Shavki Niyazovlar “RENES: Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit sohasida magistrlik dasturini ishlab chiqish” mavzusida Bolgariya va Germaniya davlatlarida tashkil etilgan tashkil etilgan plenar yig’ilishda ishtirok etib, amalga oshirilgan ishlar va kegusidagi vazifalar to’g’risida kelishildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
