Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...

14465

Jami talabalar soni

6932

Kunduzgi ta'lim

7202

Sirtqi ta'lim

20

Kechki ta'lim

285

Magistratura

26

Xorijiy talabalar

Guliston Davlat Universiteti Ilmiy indeksi

Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi

Kafedra mudiri – Berdalieva Gulasal Abdukunduzovna

Lavozimi: Kafedra mudiri.

Ma’lumoti: Oliy. Guliston davlat universiteti.

Maktabgacha pedagogika va psixologiya.

Xorijiy til: Rus

Telefon: (0 367) 227 08 30

E-mail: berdaliyev72@umail.uz

Qabul kunlari: Har kuni

“Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi

Kafedra 2010 yil 26 avgustdan “Maktabgacha, boshlang’ich ta’lim kafedrasi” sifatida faoliyatini boshlagan. 2018 yil 4 yanvardan “Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi nomi bilan tashkil etildi. Kafedrada maktabgacha va boshlang’ich ta’lim yo’nalishlarining malaka oshirish kurslari malaka oshirib boradi.

Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedra professor-o’qituvchilari umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’qituvchilariga, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilariga mutaxassislik fanlari nazariyasi va amaliyotidan “Mutaxassislik fanlari” blokiga kiruvchi o’quv modullari bo’yicha dars mashg’ulotlarini tashkil etadi va o’tkazadi.

2018 yil yanvardan boshlab, kafedrada – 9 nafar professor – o’qituvchilar (pedagogika fanlari nomzodi, dotsent P.Xolmatov, biologiya fanlari nomzodi, dotsent A.Jonibekov, katta o’qituvchilar B.Ataeva, M.Kulaxmetova, Sh.Boychaeva, U.Tollibaeva, I.Yusupova va o’qituvchi N.Mamatqulovalar) faoliyat ko’rsatmoqda.

Hozirgi kunda kafedraga G.Berdalieva rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra ilmiy salohiyati 24% tashkil etadi.

Kafedra professor – o’qituvchilari tomonidan 2015-2017 yillar davomida 1 ta darslik, 16 ta metodik tavsiya, 78 ta ilmiy– metodik maqolalar chop etilgan.

Kafedraning asosiy ilmiy maqsadi xalq ta’limi tizimidagi boshlang’ich ta’lim o’qituvchilarining va MTM tarbiyachilarining mutaxassisligi yoki dars beradigan fanlari bo’yicha kasbiy hamda pedagogik mahoratini yanada oshirish, ularning ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalari, shuningdek o’qitishning interfaol usullari bo’yicha kasbiy bilimlari, malaka va ko’nikmalarini muntazam ravishda yangilab borishlarini ta’minlash, ularni davlat ta’lim standartlari va normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirishdan iborat.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan “Xalq ta’limi pedagog xodimlarining o’quv-metodik mahoratini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish” mavzusida ilmiy  izlanishlarini olib borish maqsadida qator ilmiy-metodik va uslubiy maqolalar chop etilgan.

“Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasining hamkorlik muassasalari:

Kafedrada 2 ta yo’nalish Maktabgacha va Boshlang’ich sinf o’qituvchilari 144 soat malaka oshirdi.

Har oyda Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 3 ta guruh 75 nafar, bir yilda 630 nafari.

Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari 2 ta guruh 25 nafardan jami 50 nafar bir yilda 400 nafar tinglovchi malaka oshiradi.

Kafedrada o’qitiladigan asosiy fanlar quydagilardan iborat:

1. Boshlang’ich ta’limda zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalar.

2. Boshlang’ich ta’limni o’qitish metodikasi

3. Maktabgacha ta’limda zamonaviy yondashuvlar

4. Mashg’ulotlarni o’tkazish texnologiyasi

5. Tanlov mavzular

Malaka oshirish kurs tinglovchilariga metodik yordam sifatida metodik qo’llanma, tavsiya, ko’rsatma, dars ishlanmalari va dars taqdimotlari yaratib kelishmoqda. Jumladan, kafedraning katta o’qituvchilari B.Ataeva tomonidan “Matematikadan nazorat ishi”, “Atrofimizdagi olam 1-sinf uchun dars ishlanmalari va dars taqdimotlari”, M.Kulaxmetova tomonidan “3-sinf o’qish fanidan dars ishlanmalari to’plami”, “Bola shaxsiga yo’naltirilgan talim – davr talabi” nomli o’quv qo’llanmasi, U.Tollibaeva tomonidan “Bolaning oilada sog’lom tarbiyasi shakllanishida ijtimoiy-psixologik muhitning ahamiyati” mavzusidagi uslubiy qo’llanmasi va I.Yusupova tomonidan “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan “Davlat talablari” va “Bolajon tayanch dasturi” asosida testlar to’plami” tayyorlangan.

Ushbu tayyorlangan o’quv va uslubiy qo’llanmalar, test to’plamlari markazning Axborot Resurs Markaziga topshirilgan. Bu metodik materiallardan MOK tinglovchilarining muntazam foydalanishiga imkon yaratilgan.

“Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasining professor-o’qituvchilarini ustuvor vazifalari ilmiy-metodik, ma’naviy-ma’rifiy faoliyati natijasida ilm-fanining eng keyingi yutuqlarini o’rganish, malaka oshirish jarayoni uchun o’quv dasturlari, metodik tavsiyanomalar, ma’ruzalar to’plami ishlab chiqish malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari uchun yuqori ilmiy saviyada tashkil etish va o’tkazish, ta’lim tarbiyaning dolzarb muammolari bo’yicha targ’ibot ishlarini olib borish va ularning natijalarini amaliyotga tadbiq etishga qaratilgan.

Kafedra professor-o’qituvchilari xalqaro, respublika va viloyat miqyosidagi ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiya va anjumanlarda pedagogik va innovatsion texnologiyalardan amaliy foydalanish, ta’lim samaradorligini oshirishda pedagogik va axborot texnologiyalari kabi mavzularda faol ishtirok etib kelmoqda.

Pedagogikaga oid dolzarb mavzularda televidenie, radio va matbuotda chiqishlar qilinmoqda.

Malaka oshirish kurslari o’quv jarayonini optimal umumlashishini ta’minlash uchun seminar-trening, davra suhbatlari va ma’naviy-marifiy tadbirlar uyushtirish bugungi kun ta’lim jarayonining dolzarb muammolarini hal etishga yo’naltirilgan.

 

 

13363 | 2018-02-13 11:11

QABUL-2024 o'qishni ko'chirsh

QABUL-2024

Xorijiy fuqarolarni qabul qilish 2024

Abituriyentning ijodiy (kasbiy) imtihon axborot varaqasi
Xorijda o'qiydigan talabalarning o'qishni ko'chirish axborot varaqasi Xorijda o'qiydigan talabalarning o'qishni ko'chirish axborot varaqasi

2024-2025 o'quv yilida o'tkaziladigan ijodiy (kasbiy) imtihon manzillari geolakatsiyasi

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news