Guliston davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda

Bugun 2-aprel kuni Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev universitetning yaqin xalqaro hamkori – Xitoy Xalq Respublikasining “Yangling” kasb-hunar va texnika kolleji o‘qituvchilari Zang Ven va Zou Venjelarni qabul qildi.

Muloqotda “Yangling” kasb-hunar va texnika kolleji prezidenti janob Zong Veyzouning 2024-yil 11-iyul sanasida Guliston davlat universitetiga amalga oshirgan tashrifida kelishilgan hamkorlik aloqalari samarali davom etayotganligi, bugungi kunda o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish uchun imkoniyat yetarli ekanligi ta’kidlandi.

Mehmonlar qabul uchun universitet rektoriga o‘z minnatdorchiliklarini izhor qilib, yaqin orada “Yangling” kasb-hunar va texnika kolleji tomonidan Guliston davlat universiteti bilan ta’lim, ilmiy va innovatsion yo‘nalishda yangi loyihalarni taqdim etilishi rejalashtirilayotganligini ma’lum qilishdi.

Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev tomonidan mehmonlarga do‘stlik va hamkorlik ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Durdona Abduraxmonova

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?