Tillarni o’qitish metodikasi
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Tillarni o’qitish metodikasi

Kafedra mudiri – Uralov Azamat Begnarovich

Lavozimi: Kafedra mudiri

Ma’lumoti: Oliy. Guliston davlat universiteti

O’zbek filologiyasi

Xorijiy til: Rus

Telefon: (0 367) 227 08 26

E-mail: yupiter.85@umail.uz

Qabul kunlari:Har kuni

“Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasi xaqida ma’lumot

Kafedra tarixi:

“Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi PQ-3289-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Ungacha “Til va adabiyot” kabineti, “Til va adabiyot” bo’limi, “Til va adabiyot ta’limi” kafedrasi sifatida faoliyat yuritgan. O’tgan davrlarda unga G.Kxansaitova, A.Kochmarik, L.Xodjaeva, R.Shernazarova, T.Ivanova, M.Yuldasheva, U.Begmatova, A.Uralov, J.Abdullaevlar boshchilik qilganlar. Kafedraning ravnaqida ayniqsa R.Shernazarovaning xizmatlari katta bo’lgan. Hozirda kafedrani A.Uralov boshqarmoqda. Kafedrada 6.5 shtat birligida faoliyat olib borishmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi PQ-3289-sonli qaroriga asosan “Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasi deb yuritilmoqda. Kafedraning bosh ilmiy maqsadi:

“Malaka oshirish tizimiga ilg’or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish orqali o’qituvchilarning kompetentsiyasini takomillashtirish” deb nomlanadi.

Kafedra 3 ta fan yo’nalishida ish olib boradi. Bular: ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, ingliz tili. Kafedrada jami 10 nafar professor-o’qituvchi faoliyat olib borib 3 nafari dotsent, 7 nafari katta o’qituvchilardir.

Bugungi kunda kafedrada dotsentlar U.O’ljaboev, O.Fayzullaeva, T.Ivanovalar, katta o’qituvchilar A.Uralov, R.Shernazarova, M.Axmedova, O.Ochilova, M.Musurmankulova, D.Xo’jamberdieva, Q.Ortiqov va D.Nasriddinovlar faoliyat olib bormoqdalar. Shulardan: dotsentlar U.O’ljaboev, O.Fayzullaeva, katta o’qituvchi D.Nasriddinovlar GDUdan o’rindoshlik asosida ishga jalb etilgan. Ilmiy salohiyat 30 % ni tashkil etadi.

Kafedraga tegishli fan yo’nalishlari bo’yicha darslar davlat talablari asosida tashkil etilmoqda. Shuningdek, MOHM uchun barcha yo’nalishlar va toifalar bo’yicha majmua, ishchi dastur, taqdimotlar hamda turli xil didaktik mahsulotlar tayyorlangan va o’quv jarayonida samarali foydalanilmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari yil davomida o’z ustilarida ishlab, xorijiy va respublikaning ilmiy jurnallarida, ilmiy-amaliy konferentsiya va anjumanlarda bir qator ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etmoqdalar.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan oxirgi 3 yilda 1 ta monografiya, 10 dan ortiq metodik qo’llanma, 15dan ortiq tavsiya chop etildi.

Jumladan: Kafedra katta o’qituvchilari M. Axmedova va M. Yo’ldoshevalar tomonidan 2017 yilda Respublika masofaviy rus tili malaka oshirish kurslari uchun o’quv majmua va 4-sinf rus tili fani darsligi uchun o’quv qo’llanma tayyorlandi va amaliyotda qo’llanilmoqda.

Jumladan: kafedra mudiri A.Uralov tomonidan OAK e’tirof etgan jurnallarda 10ta ilmiy maqola, turli konferentsiyalarda 100ga yaqin maqola va tezislar;

katta o’qituvchi R. Shernazarova tomonidan OAK e’tirof etgan jurnallarda 4 ta ilmiy maqola, turli konferentsiyalarda 60 dan ortiq maqola va tezislar;

katta o’qituvchi M. Axmedova tomonidan OAK e’tirof etgan jurnallarda 2 ta ilmiy maqola, turli konferentsiyalarda 30 dan ortiq maqola va tezislar;

katta o’qituvchi O. Ochilova tomonidan OAK e’tirof etgan jurnallarda 4 ta ilmiy maqola, turli konferentsiyalarda 30 dan ortiq maqola va tezislar e’lon qilingan.

Bulardan tashqari kafedra professor-o’qituvchilari bir qator yutuqlarga erishib kelmoqda.

Kafedra katta o’qituvchisi O. Ochilova Hindiston davlatining Nyu Deli shahridagi, NOIDA dasturida axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazida malakasini oshirib keldi. Olingan bilim va malakasini ish faoliyatida qo’llash hamda amaliyotga joriy etish yo’llari to’g’risida institut professor-o’qituvchilari va malaka oshirish kurslari uchun seminar va davra suhbatlari o’tkazdi.

Kafedra a’zolari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qator Farmon, farmoyish va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini muntazam ravishda tanishib kelib, malaka oshirish kurs tinglovchilariga etkazilmoqda. Yurtimizning umumxalq bayramlari oldidan viloyat hamda markazda o’tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida faol ishtirok etib kelishmoqda.

R.Shernazarova tomonidan 2017 yil 19 yanvar kuni ona tili va adabiyot MOKda “Ilg’or pedagogik g’oyalar mahorat maktablari uchun” mavzusida metodik tadbir o’tkazildi. U Sirdaryo tumani 7-maktabda ona tili va adabiyoti fanidan tashkil etilgan Viloyat mahorat maktabining “Ona tili va adabiyoti fanlaridan murakkab mavzularni aniqlash va ularning optimal variantlarini tavsiya etish” mavzusidagi o’quv-seminarida, Sirdaryo tumani 4-maktabda o’tkazilgan “Mahorat maktabi” seminarida, Boyovut tumani 8-maktabda “O’quvchilarda kompetentsiyalarni shakllantirishga yo’naltirilgan DTS va o’quv dasturlari loyihalarini tajriba-sinovdan o’tkazishni tashkil etish” mavzusida o’tkazilgan viloyat o’quv-seminarlarida ishtirok etib, ilg’or tajribalarni ommalashtirish, amaliyotga joriy etish to’g’risida o’z fikr-mulohazalari, takliflari bilan o’rtoqlashdi.

Bugungi kungacha kafedraning ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari R.Shernazarova va A.Uralovlar tomonidan “Mahorat maktabi”ning quyidagi tajribali o’qituvchilari ishlari viloyat miqyosida turli shakllarda ommalashtirildi:

1. G’aznaeva Dilfuza, (Sirdaryo tumani, 4-maktab) amaliy seminar, MOKda ijodiy uchrashuv, notanish sinflarda dars.

2. Solieva Sh, (Sirdaryo shahri, 7- maktab) amaliy seminar, master klass.

3. Inatova Nigora, (Sirdaryo shahri, 7- maktab) MOKda ijodiy uchrashuv, master klass.

4. Laminova Hanifa, (Guliston tumanidagi 27-maktab) amaliy seminar, metodik qo’llanma.

5. Muzaffarova Oygul, (Guliston tumani 5-maktab) dars ishlanma, metodik tavsiya.

6. Umaralieva Nargiza, (Guliston shahar 16-maktab) master klass.

7. Bektemirova Jamila, (Guliston shahar 11-maktab) amaliy seminar, davra suhbati

 

11198 | 2018-02-13 10:53

Talabalar kontingenti

16379

Jami talabalar soni

8000

Kunduzgi ta'lim

8209

Sirtqi ta'lim

49

Kechki ta'lim

121

Magistr

19

Xorijiy talabalar

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news