O’zbekiston xalq shoiri To’ra Sulaymon “Xalqona ruhiyat musavviri”
2018 yil 1 fevral kuni Guliston davlat universitetida O’zbekiston xalq shoiri, Guliston davlat universiteti professori To’ra Sulaymon ijodiga bag’ishlab o’tkazilgan adabiy-badiiy tadbir o’tkazildi.
Universitet rektori, professor M.T.Xodjiev, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor, dotsent R.Mahmudov, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyat bo’limi mas’ul kotibi, shoira O.Ortiqboeva, Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimi, shoir Alisher Nur, OAV xodimlari, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirda so’zga chiqqan ma’ruzachilar To’ra Sulaymon ijodi, uning xilma-xil janrlarda qalam tebratgani, shoirning sof lirik she’rlari, qasida va faxriyalari, manzumalaridan tashqari, xalq yo’lida bitilgan, o’z davrining dolzarb masalalariga bag’ishlangan, voqelikni qadimgi baxshilar nazari bilan ko’rib, o’xshatma yoki nazira shaklida yozilgan asarlari ham o’ziga xos xalqchilligi bilan ajralib turishi, To’ra Sulaymon asarlari faqat ifoda tarzi yoki ohangi bilangina emas, tasvirdagi samimiyat, o’xshatishlarning o’ziga xosligi nuqtai nazaridan ham xalqchil ekanligini hayotiy misollar asosida aytib o’tdi.
Tadbirda talabalar tomonidan To’ra Sulaymon qalamiga mansub she’rlar, To’ra Sulaymon she’ri bilan aytiladigan qo’shiqlar ijro etildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
