Hisobxona
Bo’lim boshlig’i– Xudoyberdiev O’razali Narzullaevich
Lavozimi: Bo’lim boshlig’i
Ma’lumoti: Oliy. Toshkent to’qimachilik va engil sanoat instituti(Texnolog)
Xorijiy til: Rus
Telefon: (0 367) 227 08 23
E-mail: yupiter.85@umail.uz
Qabul kunlari: Har kuni
Buxgalteriya to’g’ridan-to’g’ri Hududiy markaz direktoriga bo’ysunadi.
Buxgalteriyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
buxgalteriya hisobini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish;
buxgalteriya hujjatlarining o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini ta’minlash;
byudjet hamda byudjetdan tashqari mablag’larning xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan muayyan maqsadlarga to’g’ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag’lari va moddiy qimmatliklarning butligini ta’minlash;
Hududiy markaz xodimlarining ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to’lovlarini o’z vaqtida hisoblab chiqish;
smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish;
pul mablag’lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni, majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya natijalarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;
moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini o’tkazish;
moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarning hisobini yuritish va ulardan to’g’ri foydalanilishini amalga oshirish;
moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;
Hududiy markaz direktori tasdiqlashi uchun xarajatlar smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish;
buxgalteriya hujjatlari, hisob registrlari, shuningdek, xarajatlar smetalarining saqlanishini ta’minlash;
Buxgalteriya zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
