Umumiy bo’lim va arxiv
Bo’lim boshlig’i – Xoshimov Jamol Kamoljon o’g’li
Lavozimi: Bo’lim boshlig’i
Ma’lumoti: Oliy. Guliston davlat universiteti(Tarixchi)
Xorijiy til: Rus, tojik
Telefon: (0 367) 227 08 23
E-mail: rim_afina@umail.uz
Qabul kunlari: Har kuni
Umumiy bo’lim va arxiv to’g’ridan-to’g’ri Hududiy markaz direktoriga bo’ysunadi.
Umumiy bo’lim va arxivning vazifalari quyidagilardan iborat:
Hududiy markazga kelib tushgan hujjatlarni qabul qilish, ro’yxatga olish va hujjat ijrochisiga topshirish, jo’natiladigan hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish;
hujjatlarning ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil etish va tahlil qilib borish, ular to’g’risida tegishli hisobotlarni Hududiy markaz direktoriga taqdim etish;
Hududiy markaz buyruqlarini ro’yxatga olish va ijrochilarga etkazish;
ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash davomida tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
jismoniy va yuridik shaxslardan kelgan ariza, taklif va shikoyatlarni hisobga olish, ularning ijrosi haqidagi ma’lumotlarni tegishli jismoniy va yuridik shaxslarga yuborish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ro’yxatga olish, rahbariyatga etkazish va ularni Hududiy markaz direktori tomonidan qabul qilinishi va tegishli javoblar yo’llanishini qonunda ko’rsatilgan me’yorlar asosida amalga oshirilishini ta’minlash;
arxivda hisobga olish hujjatlarini tuzish, arxivlar va idoraviy arxivlarda yig’ma hujjatlarni tuzish hamda ularni “O’zarxiv” agentligiga taqdim etish;
Hududiy markaz arxiv hujjatlari katalogini yuritish;
hujjatlarning kelib tushish kitobi, arxiv fondlarining ro’yxati, arxiv fondi varag’i, arxiv ro’yxati, arxiv fondi yig’majildi yuritish;
Hududiy markaz shaxsiy tarkibining va muassasa faoliyatiga oid bo’lgan hujjatlarning but saqlanishini ta’minlash.
Umumiy bo’lim va arxiv zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
