Universitetida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavvaludining 577 yilligiga bag’ishlab “Abadiyat farzandi” mavzusida adabiy-badiiy anjuman bo’lib o’tdi
2018 yil 7 fevral kuni Guliston davlat universitetida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavvaludining 577 yilligiga bag’ishlab “Abadiyat farzandi” mavzusida o’tkazilgan ilmiy adabiy-badiiy anjuman bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda universitet rektori M.T.Xodjiev, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor R.Mahmudov, Xalqaro Bobur mukofoti sohibi, Filologiya fanlari nomzodi, dotsent, navoiyshunos olim V.Raxmonov, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyat bo’limi mas’ul kotibi, shoira O.Ortiqboeva, Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri aktyorlari ishtirok etishdi.
Tadbirda Xalqaro Bobur mukofoti sohibi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, navoiyshunos olim V.Raxmonov “Alisher Navoiy abadiyatga daxldor” mavzusida, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyat bo’limi mas’ul kotibi, shoira O.Ortiqboeva “Alisher Navoiyning adabiy merosi” mavzusida,Filologiya fakulteti dekani, f.f.n. dotsent F.Sharipov “Alisher Navoiy – o’zbek tilining asoschisi” mavzularida ma’ruza qildilar.
So’ng “O’zbek tili va adabiyoti” yo’nalishi talabalari tomonidan Navoiyning g’azallari o’qildi, “Musiqa ta’limi” yo’nalishi kafedra mudiri N.Raximov va talabalari ijrosida Navoiy g’azallari bilan aytiladigan “Qo’shchinor”, “Yali-yali”, “Hanuz”, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist O.Abdullaeva ijrosida “Mubtalo bo’ldim sanga” qo’shiqlar ijro etildi.
Shundan so’ng “O’zbek tili va adabiyoti” yo’nalishi talabalari tomonidan Navoiyning “Xamsa” asaridan parcha mahorat bilan namoyish etildi.
Tadbir so’ngida tadbir tashkilotchilari bo’lgan “O’zbek tili va adabiyoti” va “Musiqa ta’limi” kafedralari professor-o’qituvchilari va talabalariga universitet ma’muriyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi hamda faol talabalarga “Faxriy yorliq” va esdalik sovg’alari topshirildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
