Yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va giyohvandlikning oldini olish
2018 yil 15 fevral kuni Guliston davlat universitetida Sirdaryo viloyati huquq-tartibod idoralari xodimlari va professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirokida huquqiy tadbir o’tkazildi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor, dotsent R.Mahmudov, Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi o’rinbosari O.Qo’ldoshev, Sirdaryo viloyati IIB boshlig’i o’rinbosari U.Mamadaminov, Sirdaryo viloyati IIB huquqbuzarliklarning oldini olish boshqarmasi boshlig’i Sh.O’rolov, Sirdaryo viloyati IIB giyohvandlikka qarshi kurash boshqarmasi tezkor vakili Sh.Saitov, Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi M.Usmonov, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda so’zga chiqqan ma’ruzachilar aholi, ayniqsa, yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklar, giyohvandlik va narkotik moddalar bilan bog’liq jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, bu sohada bugungi kunda viloyat aholisi, ayniqsa yoshlar orasida sodir etilayotgan turli huquqbuzarliklar, ularni keltirib chiqaruvchi omillar hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar hamda odobdan saboqlar bo’yicha gapirib o’tishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
