“YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA MAHALLIY ARXEOLOGIK MATERIALLARNING ROLI” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferentsiya bo‘lib o‘tdi
2021-yil 24-aprel sanasida Guliston davlat universiteti Ijtimoiy iqtisodiy fakulteti Tarix kafedrasi tomonidan “YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA MAHALLIY ARXEOLOGIK MATERIALLARNING ROLI” mavzusida ilmiy konferentsiya tashkil etildi.
Mazkur konferentsiyada respublikamizda faoliyat ko’rsatib kelayotgan arxeologlar, tarixshunoslar o’zlarining yangi ilmiy g’oyalari bilan ishtirok etishdi. Mazkur konferentsiyada universitet rektori professor M.Xodjiev “Yoshlar tarbiyasida ajdodlar merosining roli va ahamiyati” mavzusida kirish so’zi bilan anjuman ishini ochib berdi.
Konferentsiya sho’balari kesimida O’zR FA akademigi A.Sagdullaev “Arxeologik merosning yosh avlod tarixiy tafakurini boyitishda tutgan o’rni”, O’zMU professori R.Sulaymonov “Arxeologiya merosi va fani haqida ba’zi mulohazalar”, professor T.Shirinov “Arxeologik tadqiqotlar natijalaridan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda foydalanish masalalari”, professor Sh.Shaydullaev “O’zbekiston – jahon tsivilizatsiyasining beshiklaridan biri” mavzularida ma’ruza qilishdi.
Konferentsiya yakunida yosh olimlar va iqtidorli talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
