27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!

Hurmatli jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, Blogerlar! Barchangizni 27 iyun – matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Jurnalistlik, ommaviy axborot vositalarida faoliyat ko'rsatish og'ir ishlardan biri. Sirdaryo viloyatida Sa'dulla Boqiev, Saminjon Sultonov, Hakimjon Halilov, turg'un Jamolov, Muxtorali Nosirov, Xoliqul Sagizov, Ibrohim Normatov, Kabir Shukurov, Bahodir Muhammadiev, Umarali Aliqulov kabi yuzlab iqtidorli, iste'dodli jurnalistlar, fotomuxbirlar, operatorlar faoliyat ko'rsatganlar. Ayni kunlarda ham matbuotda, televidenie va radioda yuzlab fidoyi ijodkorlar faoliyat ko'rsatmoqdalar. Ularning barchalarini ism-familiyalarini keltirish ko'p vaqtni oladi. Matbuotda, ommaviy axborot vositalarida faoliyat ko'rsatish juda sharaflidir. Barchangizni kasb bayrami bo'lgan matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni bayrami bilan samimiy qutlayman. O'qimishli, ma'noli, mazmunli maqolalar yozib ko'rsatuvlar tayyorlab xalqimiz ma'naviyatini o'stirishlaringizda omad tilayman. Kasb bayramimiz muborak bo'lsin!
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?