Yangi o‘quv yiliga rasman start berildi
Bugun Guliston davlat universitetida yangi 2021-2022 o‘quv yiligan rasman start berildi. Mazkur jarayonga bag‘ishlangan tantanali marosimda universitet rektori M.Xodjiyev nutq so‘zlab, barchani O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yilligi va yangi o‘quv yilining boshlangani bilan qutladi. Maromisda senator F.Boqiyev, “Do‘stlik” ordeni sohibasi O‘.Erbo‘tayeva, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi S.Hojiboboyevalar ham so‘zga chiqishib barcha ishtirokchilarni bugungi shodiyona bilan tabriklashdi. Shundan so‘ng barcha fakultetlarda “Mustaqillik darslari” yuqori kayfiyatda o‘tkazildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
