Huquqiy targ'ibot tadbiri o‘tkazildi
2021-yilning 30-noyabr kuni Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida Huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni Guliston davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Faxriddin Niyazov olib bordi. Tadbirda universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Amaliddin Sulaymonov, Sirdaryo viloyat sudining sudyasi Kamoliddin Namozov, Sirdaryo viloyat prokuraturasi boʻlim prokurori Alisher Turdibayev, Sirdaryo viloyat Adliya boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Hilola Sulaymonbekovalar “Vatanim taqdiri - mening taqdirim”, “Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi”, “Barcha qonunlar Konstitutsiyadan boshlanadi” mavzularida so‘zga chiqdilar. Ucharshuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soxa mutaxassislaridan javoblar olishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
