Esselar tanlovi g‘oliblari taqdirlanishdi
2022-yil 17-may kuni Guliston davlat universitetida “Yangi O‘zbekistonni o‘zimiz, o‘z qo‘llarimiz bilan bunyod etamiz!” shiori ostida Respublika esselar tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi. Hududiy bosqichda Guliston davlat universiteti va Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti Yangiyer filiali talabalari ishtirok etdi. Tanlov yakuniga ko‘ra ishchi guruh tomonidan quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin: Berdiqulova Sevinch Toxir qizi, GulDU Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti “Iqtisod” yo‘nalishi” 71-19-guruh 3-kurs talabasi
2-o‘rin: Ibodullaeva Madina Muzaffar qizi, GulDU Pedagogika fakulteti 2-kurs talabasi
3-o‘rin: Suyunov Ziyomuhammad Erkin o‘g‘li, GulDU Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti, Tarix yo‘nalishi 75-21-guruh 1-kurs talabasi
G‘olib deb topilgan talabalar esselar tanlovining Respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
