Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-iyuldagi 588-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ning 3-bob 25-bandiga asosan jadval bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarga (imtihon bosqichi yoki turiga) kelmagan abituriyentlar uchun qayta kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilmaydi va ular o‘qishga qabul qilinmaydi.
Ijodiy imtihonlar jadvali https://guldu.uz/ saytimizda va https://t.me/gulduuz rasmiy telegram kanalimizda e’lon qilinadi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
Qabul hay’ati
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
