Kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, kecha 01.08.2022-yil sanasida Guliston davlat universitetida abituriyentlardan alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlarga start berilgan edi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ilk kunida “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi”, “Musiqa ta’limi” va “Jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 500 nafar abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etishdi.

Bugun, 02.08.2022-yil kuni kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda, Guliston davlat universitetida abituriyentlardan alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 06.08.2022-yilga qadar o‘tkazilishi belgilangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?