“Talaba-tyutor-mahalla raisi”- yoshlar bilan yangicha ishlash tizimi muhokama etildi

2022-yilning 09-sentabr sanasida Guliston davlat universiteti Ma’anviyat va ma’rifat markazida universitet tyutorlari, yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha dekan o’rinbosarlari hamda Mahalla fuqarolarii yig’ini raislari o’rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamalash, “talaba-tyutor-mahalla raisi” tizimidagi ishlash mexnizmini joriy qilish maqsadida ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvga “Mevazor” MFY raisi X.Boyzoqov, "Bo’ston" MFY raisi O.Mamadaliev, “Istiqlol” MFY raisi B.Inatullaev, “Buyuk Kelajak” MFY raisi O.Xolmurodovlar taklif etildi.

        Mazkur tadbirni universitet rektori, universitet Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi raisi professor M.Xodjiev olib bordi. Universitet rektori o’z chiqishida ijaraga joylashgan GulDU talabalarining ko’p sonli qismi Guliston tumanining “Mevazor”, Guliston shahrining “Bo’ston”, “Istiqlol” va “Buyuk kelajak” mahallariga to’g’ri kelganligi sababli, aynan mazkur mahalla raislari bilan guruh tyutorlari o’rtasida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida bugungi tadbirga mahalla raislari ham taklif qilinganligini, ijara asosida yashayotgan talabalar sharoitlarini muntazam o’rganib borish va huquqbuzarliklar profilaktikasi birinchi galdagi vazifa bo’lishi lozimligiga to’xtalib o’tdi.

        O’z navbatida mahalla raislari ham so’z olishib, talaba-yoshlar bilan ishlash jarayonida  universitet jamoasi bilan faol hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini, taklif qilinayotgan mazkur yangicha tizimni doim qo’llab-quvvatlashlarini bildirib o’tishdi.

        Universitet profilaktika inspektorlari A.Usmonov va S.Tursunboevalar ham talaba yoshlarni ijaraga joylashtirishda e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan jihatlarga, jumladan tur-joy mulkdorlarining axloqiy sifatlariga, yashash joyida o’rnatilgan muhitning sog’lomligi va talabalar xulq-atvoriga ta’sirini inobatga olish yuzasidan o’z takliflarini bildirishdi.

        Universitetning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’riy masalalar bo’yicha 1-prorektori, dotsent F.Niyazov so’zga chiqib, talaba-yoshlar bilan ishlash jarayonida asosan ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, talaba-yoshlarni mahalla raislari tomonidan mahallalarda tashkil etiladigan turli ma’naviy, sport tadbirlariga ham jalb qilish borasida o’z takliflarini bildirdi.

        Tadbir yakunida universitetda yangi tashkil etilgan Yoshlar murabbiysi, professor R.Mahmudov talaba-yoshlar bilan muloqot qilish, ularning muammolarini tezkorlik bilan o’rganib, to’g’ri qaror chiqarish usullari to’g’risida fikr bildirdi.

        Tadbir yakunida mazkur formatdagi ochiq muloqotlar sonini ko’paytirish taklifi barcha ishtirkchilar tomonidan ma’qullandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?