🌱Guliston davlat universitetida «Yashil makon» umummilliy loyihasining “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davom etmoqda

🌴Gulsiton davlat universiteti jamoasi  tomonidan “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida “Dolzarb 40 kunlik” ko‘chat ekish mavsumida universitet hududlariga 2022-yilning oktabr-noyabr oylarida  jami 13.000 donadan ziyod ko‘chatlar ekish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 12.000 donasi manzaralari va 1.000 donasi mevali ko‘chatlarni tashkil etadi. Shu bugunga qadar 2995 dona ko‘chatlar va qalamchalar ekildi. Mazkur umummilliy loyiha ijrosini ta’minlash maqsadida, Farg‘ona viloyatidan 6000 dona terak va 1000 dona behi, Jizzax viloyatidan esa 1000 dona sada navlari bo‘yicha maxsus yetishtirilgan daraxt ko‘chatlarini ta’minlash bo‘yicha shartnoma tuzilgan.

 

🌿Umummilliy loyihada universitet professor-oʻqituvchilari, ishchi-xodimlari va talaba-yoshlari tomonidan Terak, Sada, Behi ko‘chatlari, shuningdek, terak va jiyda qalamchalari universitetning Guliston va Yangiyer shahrlaridagi, Boyovut, Oqoltin va Guliston tumanlaridagi hududlari boʻylab ekilmoqda. 

 

☘️Universitetimizda koʻchat ekish tadbirlari davom etadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?