Darslar sifatini oshirishga e'tibor qaratilmoqda

Guliston davlat universiteti fan kafedralari va akademik litsey kafedra filiallari o‘rtasida hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. Bugun 15-noyabr sanasida Guliston davlat universiteti "Biologiya" kafedrasidan biologiya fanlari doktori I. A. Shirinova hamda "Fizika" kafedrasidan fizika matematika fanlari nomzodi, dotsent R. Eshmurodovlar akademik litsey o‘quvchilariga master klass o‘tib berishdi. AKT vositalaridan foydalanilib, fandagi eng yangi ma‘lumotlar va yutuqlar haqida barcha qiziqarli ma‘lumotlar o‘quvchilarga yetkazildi.Biologiya fanlari doktori I. A.Shirinova va akademik litsey "Tabiiy fanlar " kafedrasi mudiri D. Abduraimovalar o‘quvchilarga "Fundomika" mavzusida va to‘g‘ri ovqatlanishning sog‘liq uchun foydalari haqida bergan ma‘lumotlari o‘quvchilar bilimini yanada boyitdi. Fizika matematika fanlari nomzodi, dotsent R. Eshmurodov "Aniq fanlar" kafedrasi mudiri U. Jalilov va fizika fani yetakchi o‘qituvchisi U. Ahmedovlar bilan hamkorlikda o‘quvchilarga " Lazerlar" mavzusida muhim ma‘lumotlarni yetkazishdi. Bunday hamkorlik akademik litseyda ta‘lim sifatini yanada yuqori bo‘lishiga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?