⭐️ Rektor va talaba-yoshlar uchrashuvlariga start berildi
Guliston davlat universiteti rektori M.T.Xodjiyevning fakultetlar va yo‘nalishlar kesimida universitet talaba-yoshlari bilan har o‘quv yilida ochiq muloqot shaklda uchrashuv o‘tkazishi yaxshi an’anaga aylangan. Mazkur an’anaga muvofiq universitet rektorining talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot shakldagi uchrashuvlari yangicha formatda- Rektor va “Iqtidorli yoshlar kengashi a’zolari” bilan uchrashuv shaklida bugun-16.02.2023-yil sanasidan start oldi.
Bugungi uchrashuv Ijtimoiy-iqtisodiy, Tibbiyot va San’atshunoslik fakulteti Iqtidorli yoshlar kengashi a’zolari bilan bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkiloti raisi F.Zikriyayev moderatorlik qildi. Tadbirda universitet rektori M.Xodjiyev iqtidorli talabalar uchun liderlik va boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish, talabalar orasida jamoatchilik nazoratini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi hamjihatlikda kurash olib borish borasida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Muloqotda asosiy masala o‘quv jarayonini yanda yaxshilash, darsdan tashqari ma’naviy ishlarni tashkil etish kabi dolzarb masalalar yechimiga yo‘naltirildi. Universitet rektorining Iqtidorli yoshlar kengashi a’zolari bilan uchrashuvlari davom etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
