“Referendum-2023. Kelajaging uchun ovoz ber!”
Bugun Guliston davlat universitetida liderlar kengashi aʼzolari, valantyorlar va iqtidorli faol talaba-yoshlar ishtirokida “Referendum-2023. Kelajaging uchun ovoz ber!” targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Oliygohning Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tashkil etilgan mazkur tadbirda universitet rektori M.Xodjiyev nutq soʻzlab, Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgarish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida, Yangi Oʻzbekistonning yangi Konstitutsiyasida inson qadri, xususan yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.
Tadbir davomida joriy yilning 30-aprel sanasida boʻlib oʻtadigan Referendumda faol ishtirok etishga targʻib etildi. Tadbirda iqtidorli talabalar ham referendum doirasida oʻz fikrlarini bildirib oʻtishdi. Tadbir yakunida Sanʼatshunoslik fakultetining ijodkor yoshlari oʻz iqtidorlarini taqdim qilishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
