Guliston davlat universitetida “Innoweek.uz-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligiga start berildi
Bugun 16-oktabr sanasida O‘zbekiston Respublikasidagi barcha OTMlar bilan bir qatorda Guliston davlat universitetida ham “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar - yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida “Innoweek.uz_2023” innovatsion gʻoyalar haftaligiga start berildi.
Mazkur haftalikning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirlar universitetning Madaniyat saroyida bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet rektori, t.f.d. professor M.Xodjiyev “Innoweek-2023 innovatsion hafatligining ilmiy tadqiqot sohasi rivojidagi hissasi” mazusidagi kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘z nutqida universitet rektori Sirdaryo viloyatini innavtsion makonga aylantirishda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi masalalariga to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng univeristetning yosh tadqiqotchilari, tayanch doktorantlari va mustaqil izlanuvchilar o‘zlarining startup loyihalari va innovatsion ishlanmalari bo‘yicha taqdimot qilishdi.
Haftalik doirasida ko‘rgazmalar taqdimoti, xorijiy hamkorlar bilan uchrashuv va kelishuvlar, konferensiya va forumlar tashkil etish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz “Innoweek.uz_2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi 20-oktabrga qadar davom etadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
