Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!
Guliston davlat universitetida “Navro‘z” umumxalq bayrami munisabati bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi . Universitetning “Ma’navaiyat va ma’rifat maydoni”da bayram tadbirlarining ochilish marosimini universitet rektori t.f.d. professor M.Xodjiyev tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Tabrik nutqida yashsharish, yangilanish bayrami-Navro‘zning tarixi, uning xalqimiz milliy qadriyatlari orasidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng universitetning yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy masalalar bo‘yicha 1-prorektori F.Niyazov tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan sport va milliy o‘yinlar musobaqasiga start berildi.
Universitet rektori M.Xodjiyev mazkur tadbirlar doirasida tashkil etilgan San’atshunoslik fakulteti talablarining ijod namunalari eksponatlari bilan tanishdi. Mazkur bayram tadbirlari doirasida tashkil etilgan “Mini futbol”, “Arm-restling”, “Kurash”, “Arqon tortish”, “Lanka”, “Tosh ko‘tarish”, “Shaxmat” va “Shahka” kabi sport va milliy o‘yinlari natijalariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Bayram dasturxoni doirasida sumalak va bayram oshi tarqatildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
