Xotira abadiy-qadr muqaddas

2024-yil 7-may kuni Guliston davlat universitetida 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan «Xotira abadiy — qadr muqaddas» shiori ostida xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga uzoq yillar davomida universitetda faoliyat yuritib hozirda nafaqada bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar, shuningdek hozirda hayot bo‘lmagan aziz ustozlarning oilalaridan vakillar taklif etildi.

Tadbirni universitet rektori M.Xodjiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi, so‘zga chiqqan professor-o‘qituvchilar tomonidan universitemizda uzoq yillar mobaynida sadoqat bilan yoshlarni tarbiyalashda ulkan hissa qo‘shgan ustozlarni xotirasini abadiylashtirish, ularning bosib o‘tgan hayot yo‘llarini yoshlarga singdirish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.

Tadbirda dasturxon tuzalib, bayram oshi tarqatildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?