Mahalla yoshlari bilan ishlar davom etmoqda
Guliston davlat universiteti rektori, professor M.T.Xodjiyevga biriktirilgan Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani Nurafshon MFYda istiqomat qilayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvida kam ta'minlangan Dosanov Elyor moddiy yordamga ehtiyoji mavjudligi to'g'risida murojaat qilgan edi.
Bugun Guliston davlat universiteti rektori, professor M.T.Xodjiyev mazkur fuqaroning onasi bilan uchrashib, unga moddiy yordam ajratilganligini ma'lum qildi va ajratilgan moddiy yordam pullarini topshirdi.
Universitet rektorining MFY yoshlari bilan ishlar davom etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
