O‘quv yili sarhisobi va yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi
Bugun Guliston davlat universiteti Kengashining 2023/2024-o‘quv yilidagi 11-sonli yigi‘ilishi kengaytirilgan tarzda tashkil etildi. Universitet rektori t.f.d. professor M.T.Xodjiyev raisligida o‘tgan mazkur Kengash yig‘ilishida barcha prorektorlar, bo‘lim boshliqlari va dekanlar, kafedra mudirlari va profess-o‘qituvchilar ishitrok etishdi. Tanqidiy ruhda o‘tgan mazkur yig‘ilishda 2023/2024-o‘quv yili yakunlari sarhisob qilinib, yangi 2024/2025-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Barcha prorektorlar 2023/2024-o‘quv yili yakuni bo‘yicha o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar, yoshlar bilan ishlash hamda ma’naviy-ma’rifiy masalalar yuzasidan hisobot topshirishdi. Bunda o‘quv yili davomida sustakshlikka yo‘l qo‘ygan kafedralar va professor-o‘qituvchilar muhokama qilinib, tegishli mas’ullarga ogohlantirish berildi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan, shuningdek, yangi 2024/2025-o‘quv yiligia puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Kengashda Rektor maslahatchisi O.Inamov yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va huquqiy profilaktika masalalari bo‘yicha ma’lumot berdi. Shuningdek, universitet Yoshlar murabbiysi professor R.Mahmudov yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish yuzasidan ma’ruza qildi.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Kengash qarorlari qabul qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
