“Yashil makon” loyihasi doirasida respublika marafoniga start berildi
Marafon 20-noyabrgacha davom etib, mamlakat bo‘ylab 20 milliondan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekish maqsad qilindi.
9-noyabr kuni Respublikaning bir qator oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib, “Yashil makon” marafonida faol ishtirok etmishdi.
Jumladan, Guliston davlat universiteti jamoasi ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Yashil makon — bizning kelajagimizni yashartirish, tabiiy resurslarimizni asrash va atrof-muhitni himoya qilishda muhim qadam!
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
