Insonparvarlik tashrifi: rektor “Muruvvat” uyida
2025-yil 28-iyul kuni Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev boshchiligidagi universitet jamoasi Yangiyer “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun Ayollar internat uyida bo‘lishdi.
Tashrif davomida mazkur Muruvvat uyida yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, internat uyi tarbiyachi-xodimlari va tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda universitet rektori M.Xodjiyev, Yoshlar ishlari va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha birinchi prorektor K.Kudratov, “Psixologiya markazi” rahbari S.Sharapova, Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti dekani A.Taniberdiyevlar davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy himoyaga va alohida mehrga muhtoj aholi qatlamiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani, muruvvat uylardagi sharoitlar yaxshilanib, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy hayotga moslashishlari uchun e’tibor qaratilayotganini ta’kidlashdi.
Tadbirda iqtidorli talaba Olmosbek tomonidan Vatanni ulug‘lovchi she’rlardan namunalar yod aytildi. Shuningdek, universitet rektori M.Xodjiyev tomonidan internat uyiga yangi kitoblar to‘plami hamda shaxmat va shashka sport anjomlari sovg‘a qilindi.
Tadbir yakunida internat ma'muriyati e'tibor va g'amxo'rlik uchun universitet jamoasiga o'z minnatdorchiliklarini aytib o'tishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
