Rektor tashabbusi: Maktabda “Robototexnika” xonasi tashkil etiladi!

2025-yil 6-avgust kuni Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev Guliston shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ushbu muassasada olib borilayotgan kapital ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida maktab direktori R.Sulaymonova bilan uchrashuv o‘tkazilib, universitet tashabbusi bilan kelgusida ushbu ma’rifat maskanida “Robototexnika” xonasini tashkil etish va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash yuzasidan fikr almashildi.

Ushbu tashabbus yosh avlodning texnologik bilimlarini oshirish, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?