34 yillikka 34ta kitob
Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan Guliston
davlat universiteti tomonidan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun"
shiori ostida "34 yillikka 34 ta kitob" chorloviga start berildi.
Guliston davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Kozimjon Kudratov Sayxunobod tumanidagi 30-maktabga 34 ta badiiy, ilmiy kitoblar to'plamini sovg'a qildi. Tadbirda maktab o'qituvchilari hamda o'quvchilari ishtirok etishdi. GulDU prorektori Kozimjon Kudratov hamda Yoshlar yetakchisi Yorqinjon Hayitboyev kitobxonlik madaniyatining ahamiyati haqida fikrlarini bildirishdi. O'z o'rnida maktab jamoasi ham xayrli tashabbus uchun universitet rahbariyatiga minnatdorlik bildirishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
