"Mehr ulashib..." loyihasi
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti Boshlangʻich tashkiloti tomonidan "Dolzarb 90 kun" tadbirlari doirasida universitet hududi bilan cheklanib qolmay Guliston shahridagi Bolalar shifoxonasi Xirrurgiya boʻlimida "Mehr ulashib..." loyihasi o'tkazildi. Loyiha doirasida ayni damda davolanayotgan bolajonlar o'rtasida quvnoq viktorinalar tashkil etilib, ularga o'quv qurollari va shirinliklar ulashildi. O'z o'rnida bolalar ham she'r va qo'shiqlar bilan faol ishtirok etishdi. Loyiha davom etadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
