Ta’lim va innovatsiya yolida: China East Education Holding bilan muloqot
2025-yil 17-sentyabr kuni Guliston davlat universitetiga janob Wei Wu boshchiligidagi “China East Education Holding” delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Mehmonlarni Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiev boshchiligidagi universitet jamoasi samimiy kutib oldi va ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan mazmunli muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida mehmonlarga:
•Guliston davlat universitetining tashkil etilish tarixi ва bugungi faoliyati,
•ilmiy va innovatsion yutuqlari,
•tayyorlanayotgan mutaxassisliklar,
•xalqaro hamkorlikdagi erishilgan natijalar haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi.
Shuningdek, mehmonlarga universitet qoshidagi Kulolchilik laboratoriyasi hamda Agrobiotexnologiyalar va Biokimyo ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Muzokaralar davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Uchrashuv so‘ngida do‘stlik va hamkorlik ramzi sifatida esdalik sovg‘alari almashildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
