“Rektor va yoshlar” uchrashuvlari davom etmoqda

Guliston davlat universitetida “Rektor va yoshlar” uchrashuvlari izchil davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv Tibbiyot fakultetida o‘tkazildi. Tadbirda universitet rektori Muxsin Xodjiyev, fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, Yoshlar ittifoqi yetakchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv ochiq muloqot va samimiy suhbat tarzida o‘tdi. Rektor M.Xodjiyev tibbiyot sohasining insoniyat hayotidagi o‘rni beqiyos ekanini ta’kidlab, talabalarga o‘z kasbini chuqur o‘rganish, inson salomatligi uchun mas’uliyat bilan xizmat qilish zarurligini eslatdi. Shuningdek, u tibbiy bilimlarni zamonaviy texnologiyalar, raqamli sog‘liqni saqlash tizimi va innovatsion yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish bugungi kun talabi ekanini qayd etdi.

Rektor 1-bosqichga qabul qilingan talabalarga tabrik so‘zlarini yo‘llab, ularning o‘qish va amaliyotdagi muvaffaqiyatlari uchun ezgu tilaklarini bildirdi. Talabalarga tibbiyotning insonparvarlik, mehr-shafqat va sabr-toqat tamoyillarini o‘z hayotlarining ajralmas qismiga aylantirishni tavsiya etdi.

Tadbir davomida o‘qishida namunali, faol va intiluvchan bo‘lgan talabalar e’tirof etildi. Ayniqsa, namunali xulqi, yuksak madaniyati va o‘qishdagi yutuqlari bilan boshqalarga ibrat bo‘lgan talabalarning ota-onalariga rektorning tashakkurnomalari topshirildi. Bu e’tirof nafaqat talabalar, balki ularning oilalari uchun ham katta faxr va iftixor bo‘ldi.

Uchrashuvda talabalar tibbiyot sohasida amaliy mashg‘ulotlarni yanada kuchaytirish, malakaviy amaliyotlarni shifoxonalar bilan hamkorlikda o‘tkazish, xorijiy tajribalarni o‘rganish va tibbiy ingliz tili kurslarini kengaytirish kabi bir qator takliflarni ilgari surishdi. Rektor ushbu takliflarni mamnuniyat bilan qabul qilib, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Shu tarzda “Rektor va yoshlar” uchrashuvi Tibbiyot fakulteti talabalariga nafaqat ilhom va motivatsiya, balki kasbiy yuksalish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

Guliston davlat universitetida yoshlar bilan ochiq muloqot — muvaffaqiyat va ishonch sari dadil qadamdir!











Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?