Mehnat muhofazasi: xavfsizlik va salomatlik ustuvor vazifa

Oliy ta’lim tizimida mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasi masalalariga alohida e’tibor qaratilishi, xodimlarning salomatligi va xavfsiz mehnat qilishi uchun zarur sharoitlarning yaratilishi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Guliston davlat universitetida ham mazkur masalalar doimiy ravishda nazorat ostida bo‘lib, boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti ushbu yo‘nalishda muhim vazifalarni bajarib kelmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2025-yil 11-martdagi topshirig'i ijrosi yuzasidan qabul qilingan "Mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni oldini olish va kasb kasalliklarining profilaktikasi yuzasidan Manzilli dasturi" ijrosi doirasida universitetimizda quyidagi asosiy yo'nalishlarda ishlar jadallik bilan olib borilmoqda:

1.  Xodimlarning malakasi va huquqiy bilimlarini oshirish

Xodimlarning mehnat huquqiga oid bilimlarini oshirish maqsadida o'quv mashg'ulotlari, seminarlar va davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Bu tadbirlar orqali mehnat muhofazasi komissiyalari hamda vakillarining bilimlari oshirilib, mehnat sharoitlarining yaxshilanishi borasida olib borilayotgan ishlar keng targ'ib qilinadi.

2.  Targ'ibot va tushuntirish ishlari

  • Mehnat muhofazasi sohasidagi o'zgarishlarga bag'ishlangan ijtimoiy videoroliklar yaratilib, ommaviy axborot vositalari orqali keng tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
  • Ish beruvchilar va Kasaba uyushma tashkiloti raislari tomonidan mehnat sharoitlari va muhofazasi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari haqida maqolalar tayyorlanib, e'lon qilinmoqda.
  • Universitetda xavfsiz mehnatni tashkil etish tushunchalarini shakllantirish maqsadida ko'rgazmali materiallar tayyorlanib, tarqatilmoqda.

3.  Mehnat sharoitlari ustidan nazorat

  • Jamoa shartnomasining "Mehnatni muhofaza qilish bo'limi" bajarilishi monitoringi olib borilib, tahlil qilinmoqda. Maqsad – mehnat muhofazasi bo'yicha bitimga sanitar gigiyena vositalari, maxsus kiyim-bosh va shaxsiy himoya vositalari uchun yetarlicha mablag' kiritilishiga erishish.
  • Ish beruvchilar va xodimlar uchun normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq xavfsiz ish o'rinlari yaratilgani ustidan jamoatchilik nazorati belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
  • Xodimlarni dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan tibbiy ko'rikdan o'tkazilayotgani monitoringi olib borilib, xodimlar tibbiy ko'rikdan o'tishlarida chiqimdor bo'lmasliklariga erishish nazorat qilinadi.

Boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti raisi sifatida ta’kidlab o‘tmoqchimanki, mehnatkashlarning salomatligi, xavfsizligi va huquqlari bizning eng katta qadriyatimizdir. Shu bois universitetda barcha xodimlar uchun qulay mehnat muhitini yaratish, kasbiy kasalliklarning oldini olish va baxtsiz hodisalarning yuz bermasligini ta’minlash borasidagi ishlar doimiy ravishda davom ettiriladi.

Guliston davlat universiteti boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti raisi A.Yusufaliyev


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?