Guliston davlat universitetida Xitoylik hamkorlardan yangi o‘quv adabiyotlari!

Guliston davlat universitetida Xitoylik hamkorlardan yangi o‘quv adabiyotlari!

Avval xabar berganimizdek, Xitoyning Yangling Texnika kolleji vakillari Guliston davlat universitetida mehmon bo‘lishmoqda. Bugun, 6-noyabr kuni, hamkorlik doirasida muhim voqea sodir bo‘ldi — Yanglingda chop etilgan xitoy tilidagi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar va esdalik sovg'alar universitet vakillariga topshirildi.

Mazkur o‘quv adabiyotlarini universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Dilmurod Eshmurodov hamda Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Abdushohid Pazilovlar qabul qilib oldilar.

Yangling Texnika kolleji tomonidan taqdim etilgan bu kitoblar asosida Guliston davlat universitetida tashkil etilgan Xitoy tili markazida  o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish rejalashtirilgan. Ushbu tashabbus universitetda chet tillarini chuqur o‘rganish, ta’lim sifati va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Guliston davlat universiteti va Yangling Texnika kolleji o‘rtasidagi hamkorlik nafaqat o‘quv jarayonini boyitadi, balki yoshlarning xalqaro maydonda raqobatbardosh kadrlar bo‘lib shakllanishiga xizmat qiladi.


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?