Gulistonda “Besh tashabbus” olimpiadasining respublika final bosqichi start oldi

17-noyabr kuni Guliston davlat universiteti Markaziy stadionida yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning jismoniy va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalarining respublika final bosqichiga start berildi.

Tantanali ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sport vaziri Adham Ikromov, bir qator mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, hududlardan kelgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari, mamlakat bo‘ylab saralangan 700 nafarga yaqin sportchi talabalar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Musobaqalar 20-noyabrga qadar mini-futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika va stritbol kabi sport turlari bo‘yicha tashkil etiladi.



Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?